“PSJ” hujumchisi Neymar “Barselona”ga taklif qilindi, biroq kataloniyaliklar rad javobini bergan.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining agentlari mijozini “ko‘k-anorranglilar”ga taklif qilgan. Lekin “Barselona” ikki sababga ko‘ra, bu taklifdan voz kechgan: birinchidan, klubdagi moliyaviy holatlar braziliyalik bilan shartnoma imzolashiga yo‘l qo‘ymaydi, ikkinchidan, Neymarning kelishi kiyim almashtirish xonasidagi muhitni buzishi mumkin.
Qayd etilishicha, Neymarning atrofidagilar Lionel Messi Kataloniya klubiga qaytishdan bosh tortganidan so‘ng, uning “Barselona”ga o‘tish imkoniyati haqida o‘ylagan.
“Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati murabbiylarga braziliyalik futbolchining transferini tashkil qilish imkoniyati haqida ma’lum qilgan, biroq, murabbiylar qat’iyan rad etgan. “Barselona” murabbiylari Neymarning darajasiga shubha qilmaydi, lekin hozirgi muhitni hisobga olgan holda, uni jamoaga olib kelish shartmas deb hisoblaydi.
“Barselona” hozirda boshqa bir braziliyalik futbolchi Vitor Roke transferi ustidan ishlamoqda.
Izoh (0)