Fransiyaning Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati 9-iyul, yakshanba kuni start oldi.
Ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Kubaro Hakimova 9 metr 83 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yosh iqtidorli para atlet ushbu natijasi orqali Parij—2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani naqd qilib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bellashuvlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya sohibiga aylangan edi.
Izoh (0)