Fransiyaning Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati 9-iyul, yakshanba kuni start oldi.
Ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Asila Mirzayorova 5 metr 13 sm natija bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, Tokio—2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblangan Asila jahon chempionatidagi ushbu natijasi orqali Parij—2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.
Bu o‘zbekistonlik para yengil atletikachilar orasida Parij—2024 Paralimpiya o‘yinlari uchun ilk litsenziya hisoblanadi.
Izoh (0)