“Neftchi” klubi a’zosi Nurillo To‘xtasinov faoliyatini Malayziyada davom ettiradi.

Malayziyaning “Terengganu” klubi yarim himoyachining “Neftchi” bilan yil oxirigacha tuzgan shartnomasi bilan bog‘liq moliyaviy muammolarni o‘z mablag‘i hisobiga hal etishga rozilik bildirdi va yakunda futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
To‘xtasinov 2023-yil yanvaridan buyon farg‘onaliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Nurillo faoliyati davomida “Navbahor”, “Bunyodkor” va “So‘g‘diyona” kabi klublarda to‘p surgan.
Yarim himoyachi 2023-yilgi mavsum Superligada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)