Fransiya shahri yaqinida huquq-tartibot idoralari xodimlari salkam 300 kilogramm pirotexnikani musodara qildi, deb xabar berdi Parij politsiyasi prefekturasi.
“Kecha ertalab Obervil shahrida politsiya xodimlari tomonidan pirotexnika vositalari savdosini nazorat qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bojxona xodimlari ko‘magida 66 ta qutida jami 286 kilogramm salyutlar musodara qilindi”, — deb xabar berdi politsiya.
Bir kun avval mamlakat shimoli-g‘arbida Bretanida, 6-iyul kuni esa Il-de-Frans tumanida 2,7 tonna pirotexnika vositalari musodara qilingan edi.
Politsiyaning harakatlari butun mamlakat bo‘ylab bir necha kun davom etgan namoyish ishtirokchilarining pirotexnika vositalaridan faol foydalanishi bilan bog‘liq. Fransiyada turli omborlarni tekshirish tez-tez o‘tkazilib, chegarada nazorat ham kuchaytirilgan.
Avvalroq Fransiyada tartibsizliklarda qo‘lga olingan 3 693 kishidan 448 nafari hibsga olingani xabar qilingandi. Ulardan ba’zilari qamoq jazosiga hukm qilingan, boshqalari esa sud jarayonini kutmoqda.
Izoh (0)