Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,86 so‘mga ko‘tarilib, 11 534,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 44,76 so‘mga tushib, 12 561,60 so‘m bo‘ldi. Rubl 6,54 so‘mga pastlab, 129,09 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 11 522,13 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)