Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 34,01 so‘mga ko‘tarilib, 11 522,13 so‘mni tashkil qildi. Yevro 87,76 so‘mga oshib, 12 606,36 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,15 so‘mga pastlab, 135,63 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 11 488,12 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)