Jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirayotgan yoshlar soni tobora ko‘payayotganini ta’kidladi.
“Mamlakatimizning “Oltin fondi” bo‘lgan ushbu iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Endi, ularga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi.
“Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi”, – dedi nomzod.
Shavkat Mirziyoyev, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qo‘qon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy parklarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, o‘z hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga mingtadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi. Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi”, – dedi nomzod.
Izoh (0)