O‘zbekistonda iyun oyida uzoq vaqt davomida juda issiq ob-havoni kuzatildi. “O‘zgidromet”ning dastlabki prognozi bo‘yicha iyul juda issiq bo‘lmasligi kutilmoqda.
![](/static/nigora/photo_2021-10-31_13-34-23.jpg)
Hududning katta qismida o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda va faqat shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1—3-iyul kunlari havo haroratining qiymatlari 37-40 darajaga, cho‘l hududlarda va respublikaning janubida 41-43 darajaga yetadi.
Lekin iyul oyi birinchi o‘n kunligining o‘rtalariga kelib harorat 3-5 darajaga pasayishi kutilmoqda.
Keyinchalik, oyning oxirigacha havo harorati kechalari 20-25 daraja atrofida iliq, ba’zi joylarda 27 darajagacha, kunduz kunlari 33-38 darajagacha, ayrim kunlarda 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-45 darajagacha issiq bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, ayrim kunlarda mahalliy qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)