• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turli kasb egalarini birlashtirgan jurnalistika

    Turli soha vakillarini birlashtirib turgan jurnalistika kasbining jozibadorligi va mashaqqati nimada?

    Jurnalistika shunday kasbki, u ijodkordan qaysi yo‘nalishda material tayyorlamoqchi bo‘lsa, o‘sha sohaga chuqurroq kirishi, u haqida to‘laqonli ma’lumotlar olishi talab etiladi. Shuning uchun ham jurnalistlardan barcha sohalardan xabardorlik, doimo zamon bilan hamnafaslik talab etiladi. Biroq, hayotda shunday holatlar ham bo‘ladiki,  necha yillar davomida boshqa yo‘nalishda ta’lim olsa-da, jurnalistika sohasiga kirib kelib, nom qozongan qalam ahllari ham uchrab turadi.

    Jurnalist Lobar Xayrullayeva 27-iyun — Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan boshqa sohadan jurnalistikaga kirib kelib, unda muvaffaqiyat qozongan kasbdoshlari faoliyati bilan qiziqdi.

    Husan Nishonov (“Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri):

    “1991—1996-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘qiganman. 2-sinfda o‘qiyotganimdayoq jurnalist bo‘lishga ahd qilganman. Maktabni oltin medal bilan bitirgach, pedagogika yo‘nalishidagi OTMlarga kirish osonroq bo‘lgani uchun (suhbatdan o‘tganman, imtihon topshirmaganman) shu institutni tanlaganmiz Hasan ikkovimiz. Institutda o‘qiyotgan paytimizdayoq ‘Ko‘zgu’ gazetasida ishlay boshlaganmiz. O‘z sohamni emas, jurnalistika sohasini tanlaganimdan afsuslanmayman. Lekin ustozlar qancha aytishsa ham ilmiy ish qilmaganimdan afsusdaman. Mana endi yoshing 50 ga yaqinlashganda auditoriyada yoshlar bilan tajribalaringni bo‘lishging, ularga ‘aql o‘rgatging’ kelib qolar ekan... 

    Jurnalistika haqida ko‘p gapirish mumkin. Biroq qisqa qilib aytganda — qolgan barcha kasblar singari odamning o‘zini kashf qilish imkoniyati deb bilaman. O‘zing yaxshi bilgan, yaxshi ko‘rgan kasb bilan shug‘ullanish zavq berganidek zavqli.

    Husan Nishonov

    Mashaqqati haqida gapirmayman... Jurnalistika yutuqlaridan biri — elektron OAVlarda tezkorlik oshdi. Ijtimoiy tarmoqlar jurnalistikani ham ortda qoldiryapti, hatto yangiliklarni tarqatishda. Shu bilan birga, savodsizlik kuchaydi. Epidemiya darajasiga yetdi.

    Bosma nashrlar inqirozi bir muammo yuzaga qalqib chiqishiga, kuchayishiga sabab bo‘ldi. Hozir ko‘pchilik sezmayapti: bu tahrir masalasi. O‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanishning torayishi, til jozibasini buzish, chet so‘zlarni milliy til prizmasidan o‘tkazmasdan qabul qilaverish va hokazo. Oqibatlari bilinadi hali. Internet nashrlarida gazeta, jurnalda ishlagan, ya’ni tahrir maktabini o‘tagan, hurmatga loyiq hamkasblarimiz hali ko‘p. Lekin tezkorlik masalasi tahrir borasida ularning ham imkoniyatlarini cheklaydi. Yana o‘zbek tilini ‘stilim shunaqa’ deb atay buzayotgan, xalqqa yoqadi deb ko‘cha tilida yozadigan blogerlar ham ko‘paydi...“

    Dilfuza Sobirova (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi):

    “Samarqand davlat pedagogiga institutining ‘psixologiya-pedagogika’ yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olganman. Bolalikdan kitob o‘qishga, badiiy ijodga qiziqishim sabab she’r, hikoyalar yozib yurardim va jurnalistikaga havasim bo‘lgan. Onam kutubxonachi bo‘lgani uchun maktab kutubxonasidagi deyarli barcha asarlarni o‘qib chiqqanman. Oybekning “Bolalik” asarini o‘qiganimda yoshligimdagi barcha narsalarni yozib qo‘yishim kerak, kelajakda men ham shunaqa asar yozaman, deb o‘ylaganman va ba’zida bularni qoralab yurganman. 

    Institutda psixologiya sohasida o‘qiganim keyinchalik o‘zim yozgan asarlardagi qahramonlar ruhiyatini tasvirlashda yordam bergan. Hayotim davomida jurnalistika sohasida faoliyat yuritganimdan hech qachon afsuslanmaganman. Chunki, bu bolalikdan o‘zim sevgan soha va buni hayotdagi missiyam, deb o‘ylayman. Asarlar yozish, tarjima qilish, gazetadagi faoliyatimdan doim zavq olganman.

    Odam o‘zi qilayotgan ishini yaxshi ko‘rib, chin dildan bajarsa, hech qachon bu ish unga mashaqqat tug‘dirmaydi, aksincha bunda katta natijalarga erishishi mumkin. Gazeta va jurnallar soha vakillarini pishitadi, deb hisoblayman. O‘zim gazeta muxbirligidan tortib, bosh muharrirlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lsam, ishimni jon-dilim bilan bajarganman.

    Dilfuza Sobirova

    Jurnalistika, mening nazarimda, bu jamiyatning yuragi, soha vakillari jamiyatda yuz berayotgan har bir o‘zgarishni shu yurakning urib turishi, pulsidan xabardor bo‘lib turishi va buni aholiga yetkazish uchun oshiqadilar. Odam tanasi uchun yurak qanchalik muhim bo‘lsa, jurnalistika ham jamiyat rivoji uchun eng muhim sohalardan biri, deb hisoblayman. Faoliyatimda turli bosimlar, qo‘ng‘iroqlar, so‘z erkinligining bo‘g‘ilish holatlari ham bo‘lgan. Biroq, soha shunisi bilan qiziq. Qo‘rqmaslik kerak. Jurnalist yozgan gapi uchun javob bera olishi lozim. 

    Jurnalistika bugungi kunda juda keng rivojlandi. Fikrlar ko‘paydi, fikrlash kengaydi, degani. Fikrlaydigan jamiyat — o‘sadigan jamiyat hisoblanadi. Biroq, ba’zilarda shunaqa fikr shakllangan: jurnalistmi, u faqat tanqid qilishi kerak, deb o‘ylaydi. Bilingki, turli sohadagi xabarlarni o‘quvchiga chiroyli qilib yetkazib berish ham jurnalistning mahoratidan darak beradi. Hozirgi kunda fikr bildirish ancha erkinlashdi. Har kim o‘z fikrini erkin bayon qila olmoqda. Bunda o‘zim faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblik faoliyatimdagi eng birinchi vazifalardan biri — jurnalist savollariga javob berishdir. Mana shu yo‘nalishning yo‘lga qo‘yilishi ham ochiqlikning bir namunasi, deb bilaman. 

    Pressani baxtsiz hodisalar boqadi, degan gap bor. Lekin hamma narsada me’yor bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda baxtsiz hodisalarni ko‘p va xo‘p yoritishyapti. Ba’zida saytlarni ochib, odam qo‘rqib ham ketadi. Bittagina yaxshi xabar o‘qisam edi, deb lentani aylantirasiz. Afsuski, yaxshisidan yomon xabar ko‘proqdek. Yaxshi xabarlardan ko‘ra, baxtsiz, fojiali xabarlar tez va keng tarqaladi. Mana shu narsa meni biroz ranjitadi...
    Jurnalist o‘z ustida doimiy ishlashi kerak. Har kuni soha bo‘yicha bilim o‘rganishi, buni amaliyotda tatbiq qila olishi lozim. Shundagina professional soha mutaxassisiga aylanadi”.

    Abror Zohidov (Kun.uz sayti muxbiri):

    “Mutaxassisligim davolovchi shifokor (vrach), tibbiyot sohasida tahsil olganman. Jurnalistika sohasiga kirib kelishimga ijodga qiziqishim, moliyaviy qiyinchiliklar (chunki talabaligimdan gazetada ishlardim) va taqdir taqozosi sabab bo‘lgan, deb o‘ylayman. O‘z soham emas, jurnalistika sohasida ishlaganimga afsuslanmayman. Chunki bugungi kunimiz kechagi kunlar hosilasi.

    Abror Zohidov

    Bugundan shukr qilmaslik esa gunoh, deb bilaman. Men uchun jurnalistika inson diqqat markazidagi voqea-hodisalarning so‘zda aks etishi. Uning jozibadorligi ham o‘sha so‘z, qiyinchiligi ham o‘sha so‘zning bo‘g‘ilishidir. Bugungi kun jurnalistikasining yutuqlari haqida maqtana olmayman. Kamchiliklari, aksar hamkasblarning elementar savodsizligi, noprofessionalligi. Qolaversa, so‘z erkinligi yo‘li tobora torayib borayotganligi ba’zan meni xafa qiladi”.

    Sardor Komilov (“Milliy” telekanali badiiy rahbari):

    “Toshkent Davlat Yuridik universitetini tugatganman. Bu soha bo‘yicha 7 yil ishlaganman. Bu yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ‘Ommaviy tadbirlar rejissurasi’ fakultetiga topshirish niyatim bor.
    Jurnalistika sohasiga kirib kelishimga sabab, Moskvadagi faoliyatim davomida ko‘rinishimga qarab meni bir ko‘rsatuvga taklif qilishgan. Keyin rus ijodkorlariga o‘ynagan rolim ma’qul kelib, TNT da ma’lum vaqt qolib ketganman.

    Ko‘rsatuvning montaj, videosyomka jarayonlarini ko‘rganimdan keyin bu soha meni juda qiziqtirib qo‘ygan. Toshkentga qaytib kelganimdan keyin bu yerdagi nashrlarni ko‘rib taqqoslaganman. Keyin sayt ochish fikri tug‘ilgan. 2003-yildan boshlab, saytga she’rlar, monologlar, hikoyalar qo‘yib borardim. Shuning uchun birinchi blogerman, deya olaman. Shundan keyin saytga turli intervyular joylashtira boshladik. Bu ko‘pchilikka ma’qul kela boshladi. Ijodga qiziqish genimizda ham bor. Siyosiy jurnalistika sohasi bo‘yicha faoliyat olib boradigan tog‘am bilan ko‘p muloqot qilardim. Ular mendan maslahatlarini ayamasdilar. Yana bir tog‘am kompozitor. Ular ashula ayttirardi. Balki shu omillar sabab bo‘libmi, hozirgi kunda kuy ham bastalamoqdaman, she’r ham yozib turaman.

    Sardor Komilov

    Meni jurnalistikaning  intervyu yo‘nalishi ko‘proq o‘ziga jalb qilgan va shu yo‘nalishda ko‘p ijod qilganman. Jurnalistika menga juda mahobatli soha bo‘lib ko‘rinmaydi. Shunchaki, o‘zimni fikrimni bayon qilaman va qarshimdagi inson bilan suhbatlashaman. Bunda suhbatdoshimning qalbini ochishga harakat qilaman. Kezi kelganda, darddosh, kezi kelganda tanqid ham qilishim mumkin.

    O‘z sohamda emas, jurnalistikada faoliyat yuritayotganimdan afsuslangan paytlarim ko‘p bo‘lgan. Men, asosan, san’atkorlar bilan ishlaganim uchun, do‘stlarim ham dushmanlarim ham ularning muhitida shakllanib qolgan. Ko‘p hollarda bundan pand yegan paytlarim ham bo‘lgan.

    Jurnalistika men uchun virtual askar, degani. Bunda kurash, matonat, sabr talab qilinadi. Jurnalistda, avvalo, fikr bo‘lishi kerak. Biror bir muammoni ko‘targanda, kerakli faktlar, tahlillar bilan birga, albatta uning yechimini ham taklif qila olishi kerak. Jurnalistikada doimiy fantaziyalar, o‘z ustida ishlash talab qilinadi. ‘Milliy’ telekanalida efirga uzatiladigan ‘Millar’ dasturi muxbirlarining turli chiqishlari ba’zilarda e’tiroz uyg‘otdi. Bu odamlar e’tiborini shu muommoga jalb qilishning bir turi. Hozir rivojlangan XXI asrda nega endi jurnalistikada yangi uslublarni sinab ko‘rmasligimiz kerak. Bu ayniqsa, reyting tizimida ishlayotgan telekanallar faoliyati uchun juda muhim, deb hisoblayman”.  

    Lochinbek Xudoyorov (SSV huzuridagi Davlat markazi matbuot kotibi): 

    “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Aktyorlik san’ati yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olganman. Hozirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shaklida tahsil olmoqdaman. Jurnalistika, aniqrog‘i, radiojurnalistika sohasiga kirib kelishimga ustozlarim Olimxo‘ja Azimov va Qizlarxon Begmatovalarning xizmatlari katta.

    ‘Hamroh’ avtoradiosidagi ilk efirim jurnalistikaga mehr qo‘yishimga sabab bo‘lgan. Pult qarshisida o‘tirib tinglovchilar bilan muloqot qilish, ularning fikrlari va muammolarini tinglab, yechim topish jarayonlarida ishtirok etish meni bu sohaga yanada qattiqroq bog‘lab oldi.

    Lochinbek Xudoyorov

    Hayot yo‘lim davomida jurnalistikani tanlaganimdan afsuslanmayman. Lekin tan olish kerak, bu sohada faoliyat boshlashimda san’at institutida olgan bilimlarim ham katta yordam bergan. Turli muammoli va ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishda, diplomatiya qilishda ustozlarim Shomurod Yusupov va Vinera Yusupovalardan ko‘p narsa o‘rganganman. 

    Jurnalistika – bu xolislik, tezkorlik va betaraflik. O‘ylashimcha, jurnalistikadan qandaydir maqsad yoki manfaat yo‘lida foydalanmaslik, oltin o‘rtalikni topish kerak. Jurnalistikaning jozibadorligi siz ko‘tarib chiqqan muammoga tegishli mas’ullarning e’tibor qaratishi va uni ijobiy hal etilishi, adolatsizlik ustidan haqiqat qaror topishi, so‘z erkinligi, jurnalistik faoliyatining daxlsiziligi va QONUN himoyasida ekanligi. Uning qiyinchiligi esa ba’zan yuqoridagi mezonlarning buzilishida namoyon bo‘ladi.

    So‘ngi yillarda sohaga, xususan, jurnalistlarga Davlat rahbarining e’tibori, mehnatlarining munosib e’tirof etilishi, jurnalistlarning erkin faoliyati va huquqlari qonun himoyasida ekanligi bugungi kun junalistikasining qaysidir ma’noda yutug‘i, deb o‘ylayman. Kamchiliklari esa sohada buyurtma asosida maqola yozadigan ‘oqlovchi’ va ‘qoralovchi’larning bor ekanligi, ayrim insonlarning jurnalist niqobida sohadan foydalanayotganlari dilni xira qiladi”.

    Lobar Xayrullayeva, jurnalist

    27.06.2023, 12:55   Izoh (0)   9781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda artizan quduqlar va vodoprovodga ulangan avtomoykalar faoliyati to‘xtatilishi haqidagi xabarlar rad etildi

    27.06.2023, 12:44

    Toshkentdagi poliklinikalarda ro‘yxatdan o‘tmagan aholiga pulli xizmat ko‘rsatilishi haqidagi xabarlar rad etildi

    27.06.2023, 12:10

    Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi

    27.06.2023, 11:56

    Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarining bir guruhini mukofotladi

    27.06.2023, 11:34

    “O‘zgidromet” 28-iyun kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    27.06.2023, 11:08

    Toshkentda 27-iyun kuni kuchli ultrabinafsha nurlanish kuzatilishi mumkin

    27.06.2023, 09:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Maple Bear Canadian School xalqaro maktabi endi O'zbekistonda!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    1Lubricants — Mobilʼning rasmiy distribyutori mijozlar uchun Turkiyadagi ExxonMobil zavodiga ekskursiya uyushtirdi


    AKFA Group xoldingi KazBuild 2024 Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda 


    Turkiston Avenue TJMning yangi blokida sotuvlar boshlandi: birinchi 50 nafar xaridorga xonadonlar ta’mirga tayyor qilib topshiriladi 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    AQSHdan boshpana so‘ragan balet yulduzi — Godunovga baxt keltirmagan yangi hayot

    31.08.2024, 17:04
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.