Parijning beshinchi okrugida yuz bergan portlashdan keyin yetti kishining ahvoli og‘ir, yana to‘qqiz nafar inson jarohatlangan, deb xabar bermoqda BFMTV.
Avvalroq telekanal Parijning beshinchi okrugidagi portlashdan so‘ng kamida to‘rt kishining ahvoli og‘ir ekani, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta uyning fasadi qulagani, yana bir necha uy yonib ketgani haqida xabar bergan edi.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, portlash sabablari hozircha aniqlanmagan. Guvohlar portlash joyida kuchli gaz hidini sezishganini aytishgan.
O‘t o‘chiruvchilar voqea joyida ishlayotgani, politsiya esa Val-de-Gras kasalxonasi atrofidagi sektorni evakuatsiya qilayotgani xabar berilmoqda. Rasmiylar fuqarolarni hodisa yuz bergan hududdan uzoqroq yurishga chaqirgan.
Izoh (0)