• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Kinotavsiya: Birinchi soniyasidan to so‘ngiga qadar tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan yangi turk seriallari

    Turk seriallari o‘ziga xos rang-barangligi va murakkab sujetlari bilan dunyoni sekin-asta zabt etmoqda.

    “Vidolashuv maktubi”

    Foto: AdMe

    Badavlat oilaning qizi Alanur Ziyo ismli oddiy yigitni sevib qoladi. Qahramonning ota-onasi bunga qat’iyan qarshi, lekin qiz sevgisi uchun har qanday qurbonlikka tayyor. Ammo Alanur sevgilisidan vidolashuv xatini olganida birga yashash haqidagi orzulari chil-parchin bo‘ladi. Ziyo sababini tushuntirmasdan qochib ketgandi.

    Yillar o‘tadi, birinchi sevgi o‘tmishda qolgan, Alanur ham oila quradi. Bo‘lajak kuyovining ota-onasi bilan uchrashguncha hammasi yaxshi edi, ammo yigitning otasi Ziyo bo‘lib chiqadi — eski tuyg‘ular yana alangalanadi. Alanur va Ziyo uzoq yillik gina-kuduratni yengib, farzandlarining birga bo‘lishiga imkon beradimi?

    Janr: drama.

    Rollarda: Nurgul Yeshilchay, Selim Bayraktar, Rabiya Soyturk.

    “Oila”

    Foto: AdMe

    Aslan — g‘amgin va sirli odam, shuningdek, nufuzli oilaning merosxo‘ri. Devin — kambag‘allikda o‘sgan qiz. U kenja singlisini tarbiyalaydi, psixolog bo‘lib ishlaydi va hayotda o‘z yo‘lini o‘zi topishga majbur.

    Taqdir bu ikkalasini safarda uchrashtiradi, taqdir taqozosiga ko‘ra Devin Aslan bilan psixolog sifatida ishlaydi. Ular yaqinlashib, bir-birini sevib qolishadi. Endi yoshlar o‘z baxtlari uchun kurashishlari kerak, chunki boy merosxo‘rning oilasi Aslanning tanlovidan mamnun emas.

    Janr: drama, romantika, jinoyat.

    Rollarda: Kivanch Tatlitug‘, Serenay Sarikaya, Nur Surer.

    “Klyukva sharbati”

    Foto: AdMe

    Serial nafaqat Dog‘a va Fotihning sevgisi, balki turli qarash va qadriyatlarga ega bo‘lgan ikki oilaning to‘qnashuvi haqida ham hikoya qiladi. Bosh qahramonning onasi qizini zamonaviy va ilg‘or muhitda tarbiyalagan bo‘lsa, kuyovning oilasi har doim konservatizm va qattiqqo‘llikda yashagan.

    Aytish mumkinki, bu film har qanday an’anaviy jamiyatning muammolariga to‘g‘ri keladi, chunki ko‘p hollarda yosh avlod eskirgan poydevorlardan voz kechishga tayyor, katta avlod esa ma’lum qoidalar bilan yashashga o‘rganib qolgan.

    Janr: drama, romantika.

    Rollarda: Baris Kilich, Evrim Alasya, Sila Turkog‘lu.

    “Qo‘rg‘on sirlari”

    Foto: AdMe

    Seyran va opasi Suna bolalikdan zolim otasining zo‘ravonligiga chidashga majbur. Singlisi universitetda o‘qishni va mustaqil bo‘lishni xohlasa, opasi har doim muvaffaqiyatli turmush qurishni orzu qilgan. Va nihoyat, to‘ng‘ich qizga sovchilar keladi.

    Istanbullik nufuzli va boy oilaning merosxo‘ri Ferid Korxon so‘nggi lahzada Sunaga emas, singlisiga uylanmoqchi ekanligini e’lon qiladi. Seyran uyini va sevgilisini tashlab ketishga majbur. U Korxonlar qo‘rg‘onida oilaning obro‘sini himoya qilishi, erining muhabbati uchun kurashishi va nafaqat Feridni, balki o‘zini ham o‘zgartirishi kerak.

    “Qo‘rg‘on sirlari” — biz o‘rganib qolgan odatiy romantik serial emas. U psixiatr Gulseren Budayjio‘g‘lining kitobi asosida real voqealarga asoslangan.

    Janr: drama, romantika

    Rollarda: Afra Sarachog‘lu, Mert Ramazan Demir, Gulchin Santirjiog‘lu.

    “Guljamol”

    Foto: AdMe

    Qahramon yigitning hayoti boshidanoq qiyinchilik va sinovlarga to‘la: onasi uni va singlisini erta bolaligida boshqa erkakni deb tashlab ketgan. Guljamol barcha qiyinchiliklarga qaramay, muvaffaqiyatli va boy odam bo‘ladi. Ona shahriga qaytib, u faqat bitta maqsadni ko‘zlaydi — onasidan o‘ch olish. Ammo onasining asrab olgan qiziga oshiq bo‘lgach, hammasi o‘zgaradi.

    Janr: drama.

    Rollarda: Murat Yunalmish, Melis Sezen, Edip Tepeli.

    “Qush parvozi”

    Foto: AdMe

    Filmda ko‘tarilgan asosiy muammo avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bosh qahramon yosh qiz Asla misolida muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tish lozimligi ko‘rsatiladi.

    Janr: drama.

    Rollarda: Birje Akalay, Miray Daner, Ibrohim Chelikkol.

    “Mening ismim Farah”

    Foto: AdMe

    Farah — eronlik yosh shifokor ayol. U o‘g‘lini yolg‘iz tarbiyalaydi, farzandiga davolab bo‘lmas tashxis qo‘yilgach, uni Turkiyaga olib ketishga qaror qiladi.

    Chet elda to‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘lgan qahramon farrosh bo‘lib ishga kiradi. Yangi ish sarguzasht va xavfga to‘la. Ammo Farah oila farovonligi uchun hamma narsaga tayyor.

    Janr: Jinoyat, drama, triller.

    Rollarda: Engin Akyurek, Demet Ozdemir, Firat Tanish.

    “Shohmaron”

    Foto: AdMe

    Sujet Shohmaron – yarmi ayol, yarmi ilon haqidagi turkiy afsonaga asoslangan. Ilonlar malikasi bezovta qilinmaguncha yerosti mamlakatida yolg‘iz yashaydi. Film voqealari barcha sirlarni tushunish uchun bobosi bilan uchrashish maqsadida shaharga kelgan Shohsu ismli qahramon atrofida aylanadi.

    Janr: triller, romantika, sarguzasht, fantastika.

    Rollarda: Serenay Sarikaya, Burak Deniz, Mustafa Uurlu.

    “Qonli gullar”

    Foto: AdMe

    Muayyan sharoitlarga ko‘ra, Dilan va Burak o‘zaro nikoh qurishga majbur bo‘lishadi. Ikkalasida ham bir-biriga nisbatan his-tuyg‘ular yo‘q. Ularning orzulari va hayotga qarashlari butunlay boshqacha, ammo endi ular bir uyda yashashlari va er va xotin rollarini o‘ynashlari kerak. Keyinchalik umumiy dushman paydo bo‘lganda, turmush o‘rtoqlar birlashadi. Ular haqiqiy oila qura oladimi yoki har biri o‘z yo‘lidan boradimi?

    Janr: drama.

    Rollarda: Ekrem Aral Tuna, Nuray Sherefog‘lu, Baris Bektosh.

    20.06.2023, 19:30   Izoh (1)   25070
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 968751609@telegram.org / 22.06.2023, 09:11

      Imkon bo'lsa bu film va seriallarning turk tilidagi nomlarini ham qoldiringlar aks xolda noto'g'ri tarjima qilyapsiz va tushunarsi bo'lyapti masalan Yali capkini dizisi deya mashxur serialni qo'rg'on sirlari degansizlar bu umuman to'g'ri tarjima emas

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ularning yoshligini ko‘rmagansiz ham: keksayganda mashhur bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    19.06.2023, 20:40

    Haligacha bu rolidan uyaladi: Kinodagi debyuti o‘ta omadsiz chiqqan aktyor va aktrisalar (foto) 

    20.06.2023, 14:44

    “Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)

    20.06.2023, 10:40

    Kadr orti sirlari: suratga olish maydonchasidagina ko‘rish mumkin bo‘lgan noodatiy holatlar 

    19.06.2023, 11:18

    “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi aktyorlar tarkibi va ilk tizeri e’lon qilindi (video)

    19.06.2023, 09:14

    “Ba’zida azaliy orzusiga erishish harakatida odam maxluqqa aylanadi...” — Nolanga “afsungar” maqomini olib kelgan “Prestij” filmi haqida

    17.06.2023, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.