• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Ba’zida azaliy orzusiga erishish harakatida odam maxluqqa aylanadi...” — Nolanga “afsungar” maqomini olib kelgan “Prestij” filmi haqida

    Fleshbek

    “Prestij” filmi Kristofer Pristning 1995-yilda yozilgan shu nomdagi asari asosida suratga olingan. Ushbu film tomoshabinlarni “aldovchi” rejissor Nolanga “afsungar” maqomini olib kelgan. Sujet tez-tez o‘zgarishi sabab intrigalarga boy bo‘lgan ushbu film Nolanning ko‘plab muxlislari tomonidan “eng fenomenal filmi” deb tan olingan.

    Bu kinoning g‘oyasi va noaniq yakuni ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Ya’ni tomoshabin va tanqidchilar uni o‘zlaricha talqin etgan. “Prestij” filmining xulosaviy mag‘zi esa, menimcha, shu qisqa jumlaga sig‘ib ketadi: ba’zida azaliy orzusiga erishish harakatida odam maxluqqa aylanadi.

    Bundan tashqari kartinada yana ko‘p chigal munosabatlar haqida gap boradi: qonli raqobat, san’at uchun qurbonliklar, shon-sharafga haddan tashqari chanqoqlik va yana boshqa abadiy konflikt yuzaga keltiradigan holatlar.

    Sujet rasshifrovkasi

    Boshlanishida Robert va Alfred sahnada chinakam sehrgarlik qilayotganga o‘xshaydi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘ladiki, aslida hech qanday afsun yo‘q, faqat ushbu chiroyli nayrang uchun o‘z hayotini qurbon qiluvchi odamlar bor.

    Ishonish qiyin bo‘lgan fokuslar tomoshabinga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatish uchun Nolanning o‘zi fokuschi kabi hiyla qiladi – tomoshabinni sehrga ishontirib, paqqos aldaydi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    O‘quvchi anglamay qolmasligi uchun sodda spoyler

    XIX asr oxirlari, Londonda ikki buyuk ko‘zboylog‘ich Robert Endjer (Xyu Jekman) va Alfred Borden (Kristian Beyl) muhandis Jon Katter (Maykl Keyn) qo‘lida faoliyat olib borishardi. Baxtsiz hodisa sabab tomosha ko‘rsatish vaqtida Endjerning suyukli xotini suv ichida halok bo‘ladi. Endjer esa bu o‘limda Bordenni aybdor deb bilib, rejalashtirilgan qotillik sifatida uni sudga beradi.

    Bir-biridan ayro ish boshlashganidan so‘ng, Endjer “Buyuk Danton” nomi bilan mashhur bo‘ladi va o‘ziga Oliviya Venskomb (Skarlett Yoxansson)ni yordamchi qilib oladi. Borden esa “Professor” nomi ostida sirli sherigi bilan ish olib boradi. Bu vaqtda esa ko‘zboylog‘ichlarning adovati mutlaq shaxsiy ko‘rinishga o‘tadi va bir-birining tomoshalariga xalaqit qilishni boshlaydi. Har ikkisi ham tomoshabinlarga yangi hiylalar o‘ylab topganida ko‘zboylog‘ichlar o‘z dushmanining sirlarini oshkor etishga, tomoshabinlar oldida sharmanda-yu sharmisor qilishga intiladi. Filmdagi voqealar ajoyib fokuslar, yangi hiylalar va sirli hodisalar bilan davom etadi. Yakunda, bir-birining sirlarini to‘liq oshkor eta olishganida esa voqealar keskin burilish yasaydi.

    Syurprizlarga boy sujet chizig‘ida qalin do‘stlik adovatga, halol raqobat esa halokatli xavfga aylanadi. Shundan kelib chiqib, filmning mazmuni ham qorong‘ilashadi: shunchaki haqorat qilish, nari borsa tomoshasini buzishning o‘ziga qoniqayotgan “do‘stlar” endi bir-birini butkul yo‘q qilish payiga tushadi.

    Biroq baribir ikkisi ham bir vaqtlar do‘st bo‘lganliklarini eslashadi. Ulardan biri qasos olishga intilsa, ikkinchisi o‘zini aybdor his qiladi. Film davomida Endjer Bordenning hiyla-nayranglari sirini ochishga bor kuchi bilan intiladi va film oxirida bu sir uni hayratda qoldiradi. Sababi u bu haqiqatni hamma vaqt bilar edi.

    Fokus uchburchagi

    Barcha tahlil va sharhlarda tomoshabinlar filmning o’ziga xos tuzilishiga e’tibor berishgan. Kino sujet / kulminatsiya / xulosaga emas, balki butkul chalkash, kuchli diqqatni talab qiladigan voqealar rivoji asosida qurilgan.

    “O‘lja” deb nomlangan fokusning birinchi qismida sehrgar tomoshabinga umumiy obyektni taqdim etadi: kartalar, qush yoki odam. Eng boshida esa tomoshabin yuzi nihoyatda yaqindan olingan Robert Endjerni ko‘radi. Nimaga? Chunki aynan u tomoshabin uchun o‘lja vazifasini bajaradi.

    Fokusning ikkinchi qismi “evrilish yoki transformatsiya” deb ataladi. Tomoshabin Endjer “evrilishdan” qanday o‘tishini tomosha qiladi: u akvariumga o‘z xohishi bilan tushib, cho‘kib o‘ladi. (Endjer masofasi ancha uzoq bo‘lgan ikki eshikdan birini ochib, hech qancha vaqt o‘tmay ikkinchisidan chiqadigan fokus sahnasi nazarda tutilmoqda) Kinosevarlar qarsak chalishga shoshilmaydi, boisi fokuschi mahoratining nuqtasi obyektning yo‘q bo‘lib qolishida emas, yana qaytib o‘z holiga qaytishida bo‘ladi. Bu esa fokusning uchinchi bo‘lagini talab etadi. 

    Bu “prestij” deb ataladigan eng qiyin qism. Ya’ni kartinaning avj nuqtasi eng boshida, muqaddimada ko‘rsatiladi. Ochib beriladigan sahnasida daho rejissor tomoshabinni ham fokusning sovuq prinsiplari, ham tushunarsiz sujet bilan tanishtiradi.

    “Prestij” – bu maftunkor nayranglar, illyuziyalar va ulkan yolg‘on haqidagi film. Bu mazmunni to‘liq ko‘rsatishning eng yaxshi usuli esa tomosha qilayotgan vaqtda tomoshabinni aldashdir. Demoqchimanki, filmning boshlanish sahnasini “yolg‘on ichidagi yolg‘on” desa ham bo‘ladi.

    Tomoshabin (ffu, juda ko‘p takrorlanyapti shu so‘z) filmning yashirin ma’nosini tushunishi uchun Nolan turli ishoralarda antiqa maslahatlar beradi. E’tibor berilsa, kino “diqqat bilan tomosha qilyapsizmi” degan so‘zlar bilan boshlanadi.

    Bordenning kundaligi

    Hamma balo shu kundalikda edi. Aslida, unda hayratlanarli hech narsa yo‘q, biroq ichidagi yozuvlarni o‘qish uchun Endjer bor-budini beradi, hatto uni sevib qolayotgan Oliviyani shu kundalikni o‘g‘irlab kelishi uchun jirkanch vazifani yuklashdan ham tap tortmaydi.

    Kundalikdagi birinchi jumla taxminan shunday: “Biz yosh edik va bizni katta muvaffaqiyatlar kutib turardi. O‘zimizni magiya va go‘zal hiylaning sirlariga bag‘ishladik va hech kimga hech vaqt yomonlik tilamadik...”

    Gap ikki aka-uka Borden va Fallon haqida ketmoqda. Ammo o‘lja sifatida tomoshabinga Borden va Endjer taqdim etiladi, xuddiki barcha hodisalar ular orqali sodir bo‘layotgandek. Aslida ham fokuslar mexanizmi shunday ishlaydi: ular e’tiborni haqiqatda sodir bo‘layotgan narsadan chalg‘itadi.

    Mizan-sahnalardan birida Sara tomoshabinga nimaga diqqatni qaratish kerakligini aytadi. U shunday deydi: “Alfred, bu sen emassan. O‘zgarishni bas qil!” Zukko kino ixlosmandlari shu jumlaning o‘zidanoq ishoralarni ajratib oladi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Silindrlar va kanareykalar

    Ustaxonada bir nechta silindrlar va qafaslarda o‘tirgan juda ko‘plab bir xil kanareykalarni ko‘ramiz. Biroz vaqt o‘tib, fokuschi kanareykaning g‘oyib bo‘lishi va tag‘in yo‘q joydan uchib chiqishi sahnasi bilan nayrang qiladi. Zaldagi yosh, ammo ziyrak tomoshabin bu boyagi qush emasligini ta’kidlaydi.

    Bu holat ham Alfredning, ham Endjelning aqlbovar qilmas hiylalariga izoh berib ketadi.

    “Prestij” yakunda bizga yaxshigina shokterapiya tayyorlab qo‘yganini oxirigacha borgan tomoshabin yaxshi biladi. Yakun chindan dahshatli. Barcha yolg‘onlar bir vaqtning o‘zida shafqatsizlarcha ochib tashlanadi.

    “Chiroqchilar” mojarosidan olingan ilhom

    Nolan qaysidir ma’noda Nikola Tesla va Tomas Edison o‘rtasidagi mojaroviy raqobatdan ilhomlangan. Bu Endjer hamda Borden o‘rtasidagi dushmanlikni aks ettirishga yordam bergan.

    Endjer har bir nayrangni ko‘chirib olish mumkin, degan gapida o‘zini haqligini isbotlaydi. Faqat bu isbot unga qimmatga tushadi. Tesla unga odamni bir joydan ikkinchi joyga teleportatsiya qila oladigan mashina yasab beradi. Lekin u teleportatsiya emas, istalgan narsaning originalidan zarracha farq qilmaydigan nusxasini yaratuvchi ixtiro bo‘lib chiqadi. “Danton”ning nusxasi yaratilganda ham u shunchaki nusxa emas, Endjelning jamiki xotiralari, orzu va iztiroblari bilan bir xil bo‘lgan kloni bo‘ladi. Va nihoyat, Endjel o‘zini klonlash orqali Bordenning so‘nggi hiylasini o‘z nusxasi yordamida takrorlay oladi. Sahna yakunlangach, Endjel har safar egizagini o‘ldiradi. Bu xudkushlik Fallon uni otib o‘ldirmagunga qadar qayta va qayta davom etaveradi.

    Film g‘oyasi nimadan iborat?

    Filmning g‘oyasi shundan iboratki, bu beshafqat dunyoda hech qanday sehr-jodu yo‘q, faqat kuchli tajriba va ilm-fan bor.

    Endjer uchun o‘sha yo‘q afsunni izlash uni harakatlantiruvchi asosiy kuch edi. U nafaqat odamlarni sehr borligiga ishontirishga urindi, balki o‘zi ham bunga umid bog‘ladi. “U buni qanday qiladi” degan savolga javob doimo uning oldida edi, lekin Endjel Bordenning “benihoya buyuk” fokusining javobi bunchalik oddiy va ko‘ngilni aynitar darajada sodda bo‘lishi mumkin emas deb hisobladi.

    Endjer eng fidoyi tomoshabin ham edi. U jodu yo‘qligini hammadan ko‘ra yaxshiroq bilsa ham izlashdan bir soniya bo‘lsin chalg‘imadi. Natijada esa u Teslaning klon mashinasini kashf etganida, sehr mavjud ekanligini isbotlash uchun hech ikkilanmay o‘z hayotini qayta-qayta qurbon qilishga rozi bo‘ldi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Daholik va yovuzlik

    Bu filmda rejissor “daholik va yovuzlik” mavzusini obdan o‘rgangan. Bu kinoda aytarlik ijobiy belgi yo‘q. (Altruizm asosiy qahramonlarga g‘irt begona bo‘lgan holat)

    Sahna orqasidagi sehrli dunyo yolg‘on, xiyonat va fitnaga to‘la bo‘lib chiqadi. Ammo haqiqiy dunyo, ilm-fan olami bundan yaxshiroq emas: ajoyib elektrofizik Nikola Tesla Endjerning izlanishlarining oqibati nima bilan yakun topishi mumkinligini yaxshi bilgan odam sifatida shunchaki ko‘zdan g‘oyib bo‘lishni afzal ko‘radi.

    Filmda Nolan hasadni (sevgida emas, kasbda) fazilat sifatida taqdim etadi. Endjer – bu “Salyeri”. (majoziy ma’noda, albatta. Haqiqiy Salyeri Motsartga hasad qilmagan, uning o‘limiga ham sabab bo‘lmagan) U Bordenga – “Motsart”ga tabiiy iste’dodi va uning orqasidan keladigan olqishlari uchun hasad qiladi. Aynan shu hasad uni shu holga olib keladi.

    Qahramonlarning har biri boshqasidan ko‘ra ko‘proq mohir illyuzionist bo‘lishni xohlaydi. Hiyla-nayrangga intilib, ikkalasi ham o‘z jonlarini qurbon qilishga tayyor edi. Mana, masalan, Alfred va Fallon sahnada eng zo‘r bo‘lish uchun bitta hayotni baham ko‘radi.

    Yakun yana ham tushunarliroq bo‘lishi uchun taqriz so‘ngida kichkina izoh yozib ketaman: haqiqiy “prestij” bu Endjerni o‘ldirgan aka-ukalardan birining paydo bo‘lishi va bu “prestij”ning diqqat markazida birodarlarning ikkinchisi qatl etilishi. Ya’ni Endjer o‘limidan oldin bu safar ham aldanganini, javobi oddiy bo‘lgan hiylaga osongina chuv tushganini tushunib yetadi.

    Kinodan iqtiboslar

    Ofitser va Borden

    O: Bironta aytadigan gaping bormi?

    B: Abrakadabra!

    Katter: “Sen hozir bu hiylaning sirini topishga urinmoqdasan. Lekin buni topa olmaysan, chunki sen buni to‘g‘ri qidirmayapsan. Sen haqiqatan ham hiylaning sirini topmoqchi emassan, balki bu hiylaga aldanishni xohlaysan”.

    Borden: “Yetarlicha e’tibor qaratganman deb o‘ylaysizlarmi?”

    Tesla: “Imkonsiz degan narsa mavjud emas, janob Endjer. Siz xohlayotgan narsa shunchaki qimmat xolos”.

    Tesla: “Ilmiy taraqqiyotga chegara doimo jamiyat tomonidan qo‘yiladi. Dunyoni birinchi marta o‘zgartirganimda ular meni olqishladi. Ikkinchi marta o‘zgartirmoqchi bo‘lganimda esa iste’foga chiqishimni talab qilishdi. Dunyo bir vaqtning o‘zida faqat bitta o‘zgarishga bardosh bera oladi”.

    Azizbek Yusupov

    17.06.2023, 23:30   Izoh (0)   18559
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vaqtida so‘ralmagan erk tashnaligi, beg‘uborlik qobig‘i va ko‘zgudagi haqiqat. “Qora oqqush” filmidagi ishoralar talqini

    19.05.2023, 10:30

    “Men o‘limdan qo‘rqmayman, men bir keksa fizikman. Men vaqtdan qo‘rqaman…” — “Interstellar” filmi haqida

    31.05.2023, 23:05

    14 yoshli o‘quvchi “O‘rgimchak odam” multfilmining Lego uslubidagi animatsiyasini yaratdi (video)

    15.06.2023, 12:30

    Iyun oyida premyera qilinishi kutilayotgan 5 ta qiziqarli film (video)

    14.06.2023, 18:53

    “Gladiator-2” filmining suratga olish maydonchasida yong‘in sodir bo‘ldi

    14.06.2023, 14:33

    O‘z ampluasidan chiqib, butunlay boshqa obrazda paydo bo‘lishi kutilayotgan aktyor va aktrisalar (foto)

    14.06.2023, 13:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.