Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 10 ga yaqin manzarali daraxt kesib tashlangani aniqlandi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasining xabar qilishicha, 17-iyun kuni yashil belbog‘ (ihota) shaklida ekilgan qariyb 50-60 yoshlardagi 10 ga yaqin manzarali daraxtlar kesib tashlangan. O‘zini tanitishni istamagan fuqaro hududda qurilish qilishini bildirgan. Daraxtlarni kesish bo‘yicha esa, hech bir hujjat taqdim eta olmagan.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tezkor ishchi guruh tuzilib, qonunda belgilangan tartib normalarga muvofiq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)