• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bajarmasa, ikki qo‘lim o‘sha rahbar yoqasida bo‘ladi”. Erkinjon Turdimov viloyatdagi barcha hokimlar hamda tashkilot rahbarlarini ishdan olishi haqida ogohlantirdi

    Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatda faoliyat yurituvchi tuman va shahar hokimlarini, qolaversa tashkilot rahbarlarini ogohlantirib, fuqaro murojaatiga doir birorta muammo yechilmasa, o‘sha soha rahbari ishdan olinishini bildirdi. Bu haqda viloyat hokimi 2023-yilning 16–17-iyun kunlari Payariq tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida maʼlum qilgan.

    “Hamma tuman rahbarlari, viloyat rahbarlari qulog‘ingizga quyib oling, fuqarolardan kimdir 16–17-iyun kuni qabulda bo‘lgandim, bo‘lmadi deb kelsa, unda o‘sha kim bo‘lishidan qatʼi nazar ikki qo‘lim o‘sha rahbar yoqasida bo‘ladi. Qanday qabul qilsang, shunday qabul qil, meni qiziqtirmaydi seni qanday o‘ylashing”, — deydi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.

     

    Foto: Samarqand viloyati hokimligi

    Samarqand viloyati hokimi Payariq tumanida bo‘lib o‘tgan mazkur sayyor qabulida viloyat Elektr tarmoqlari korxonasi rahbarini tanqid qilib, viloyat prokuroriga korxona bosh muhandisi ishini ko‘rib chiqishni iltimos qildi.

    “Sen noinsof glavniy injener, nima, quturganmisan? Bu yangi kelgan ekan, sen 10 yildan beri ishlab nima qilding? Nega odamlar faqat elektrdan dod deydi? Men viloyat prokuroridan hammaning oldida iltimos qilib so‘rayman, buning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishimiz kerak”, — deydi viloyat rahbari viloyat Elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi haqida gapirar ekan.

     

    Foto: Samarqand viloyati hokimligi

    Erkinjon Turdimov viloyat Nazorat taftish boshqarmasi masʼuli Hatamov ismli mansabdorga bu ishni tekshirishi kerakligini aytib, “Hatamov to‘liq reviziya qilasan, hamma yo‘nalishlar bosh injinerga qaratilishi kerak. Bir haftadan so‘ng, menga olib kelasan, mening huzurimda bosh injinerning xatti-harakatlari bo‘yicha muhokama qilamiz”, — dedi.

    Samarqand hokimi 1-iyul kuni Payariq tumanida yana sayyor qabul o‘tkazishini, barcha rahbarlar aholi murojaatini hal etgan bo‘lishi kerakligini uqtirdi.

    “1-iyul kuni, ikki haftadan so‘ng, shanba kuni shu yerda sayyor qabul o‘tkazamiz. Fuqarolarning qaysi biri o‘tgan safar kelgandim, muammo yechilmadi desa, u odam bizning oramizda bo‘lishi kerakmas. Ayniqsa, Umid Nazarov. Tushundingmi? Davlatimiz rahbari Surxondaryoda hamma rahbarlarni almashtirgandi. Xuddi shunday Payariqda ham barcha rahbarlarni ishdan olamiz. Fuqarolar bilan muloqot qilishga layoqatsiz deb ishdan olamiz. Lekin tizimda ham ishlamaysan. Tizimda ishlatmaslik sharti bilan taqdimnoma kiritamiz”, — deydi viloyat hokimi.

    “Daryo”ning aniqlashtirishicha, Umid Nazarov Samarqand viloyat Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari vazifasida faoliyat yuritadi.

    Foto: Samarqand viloyati hokimligi
    “Hammaning ustidan kulib, rahbar keladi-ketadi. Men doimiy deb o‘yladingmi? Nimaga ulgurmaysan, hamma viloyatlar ulguradi, faqat sen ulgurmaysan?”, — deydi viloyat rahbari Elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisini tanqid qilar ekan.

    Samarqand hokimi Payariq tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlariga muddat berib, tuman aholisini qiynab kelayotgan muammolarni yechish uchun viloyatdagi tashkilot rahbarlari ham ularga yordam berishini, biroz muddatdan so‘ng bu bo‘yicha ular shaxsan Turdimovning o‘ziga hisob berishi kerakligini uqtiradi.

    Foto: Samarqand viloyati hokimligi
    “To‘rtta sektor, aytib qo‘yay, nechta murojaat tushgan bo‘lsa, kimning sektori bo‘lsa, har kuni so‘raysan. Viloyat rahbarlaridan ham so‘raysan. 10 kundan so‘ng mening oldimga borib, mana bular men aytgan ishni bajarmayapti deb aytishing kerak. Qaysi biringning sektoringda bo‘lsa, o‘zing javob berasan, viloyat rahbarlari ustidan ham nazorat o‘rnatasan, kerak bo‘lsa viloyat rahbarlari qabulxonangda borib o‘tiradi”, — deydi Erkinjon Turdimov.
    19.06.2023, 14:10   Izoh (0)   16017
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlaridagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilishi kutilmoqda

    19.06.2023, 14:03

    O‘zbekistonda hafta davomida harorat biroz pasayadi 

    19.06.2023, 12:11

    Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tafsilotlari ma’lum qilindi

    19.06.2023, 11:38

    Andijon viloyatida ikki nafar bola daryoda oqib ketdi

    19.06.2023, 11:01

    Navoiyda 9,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan mayning ferma aniqlandi (video)

    19.06.2023, 10:30

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarligi haqida xabar berganlarga qancha mukofot puli to‘langani ma’lum qilindi

    19.06.2023, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.