• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namangandagi bog‘chalarda Avaz Oxun konsertiga majburiy tarzda bilet sotilayotgani aytilmoqda

    Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chalarda tarbiyachilarga konsertga majburiy tarzda bilet sotilayotgani xabar berildi. Bu haqda “Daryo”ga maʼlum qilgan manbaning aytishicha, bilet narxi 80 ming so‘m.

    “Mening qizimga ishxonasidan majburiy tarzda bilet berishibdi. O‘zi arzimagan oylikka ishlashsa, hali oylik olishmasa-da, bilet sotib olasizlar deb majburlashayotgan ekan. Ishonsangiz, go‘sht sotib olib yeyishga, pulimiz yetmayapti. Shu ish adolatdanmi?”, — deydi bilet olishga majburlanayotgan ishchining onasi.

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati vakili Saidolim Abdurahmonov bilan suhbatlashdi.

    “Bu haqida xabarim yo‘q ekan. Konsert bo‘lishini ham sizdan eshityapman. Holat haqida surishtirib, maʼlumot beramiz”, — deydi jurnalistning bu haqidagi savollariga javob bergan Saidolim Abdurahmonov.

    Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Kamola Jo‘raboyevaning maʼlumot berishicha, haqiqatan ham tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga Avaz Oxunning 2023-yil 16-iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertiga 100 ta bilet berilgan.

    “Ammo 100 ta bilet konsertga tushishni istovchilar uchun berilgan. Majburiy sotilayotgani haqidagi gap yolg‘on. Bo‘lim mudiri o‘rinbosarining aytishicha, 100 ta biletdan atigi 4 tasi sotilgan. Shu to‘rtta biletning puli ham qaytarib beriladi. Bog‘chalarga bilet sotilmaydi”, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Kamola Jo‘raboyeva.

    “Daryo” muxbiri biletda nomeri ko‘rsatilgan masʼullar bilan ham bog‘landi.

    O‘zini Husniddin Umarov deb tanishtirgan bilet sotuvchisining aytishicha, biletlar “O‘zbekkonsert”ning Namangan viloyati bo‘limi tomonidan shartnomaga ko‘ra, bog‘chalarga berilgan bo‘lishi mumkin.

    “‘O‘zbekkonsert’ning viloyat bo‘limi bog‘chalardagi tadbirlarni tashkil qilishda bog‘chalarga yordam bergani uchun ‘O‘zbekkonsert’ning viloyat bo‘limi bilan shartnoma qiladi. Bu biletlar shu shartnomaga ko‘ra, bog‘chalarga berilgan bo‘lishi mumkin”, — deydi “O‘zbekkonsert”ning viloyat bo‘limida ishlashini aytgan Husniddin Umarov.

    “O‘zbekkonsert”ning viloyat bo‘limi masʼuli Murodjon Qudratov esa Husniddin Umarovning gapini rad etib, bilet sotish masalasiga “O‘zbekkonsert” viloyat bo‘limining aloqasi yo‘qligini bildirdi.

    “Biz konsert tashkilotchilariga ijaraga konsert zal berdik. Biz bilet sotmaymiz. To‘g‘ri, biletlar majburiy sotilmasligini nazorat qilamiz. Avaz Oxunning konsertiga biletlar majburiy sotilayotganidan xabarimiz yo‘q ekan”, — deydi Murodjon Qudratov.

    Murodjon Qudratovning qo‘shimcha qilishicha, Avaz Oxunning viloyatda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan konsertini tadbirkor tashkil qilayotgan bo‘lib, biletlarning majburiy sotilishi tadbirkorga borib taqalishi mumkin.

    Konsert tashkilotchisi bo‘lgan tadbirkor Bahodir O‘rinboyevning “Daryo”ga maʼlumot berishicha, u Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi masʼuliga u 100 ta emas, 200 ta bilet bergan.

    “Yordam beramiz deyishganiga bo‘lim rahbariga 200 ta bilet bergandik. Ammo biletlar majburiy sotilayotganidan xabarimiz yo‘q ekan. Biz biletlarning majburiy sotilishiga qarshimiz. Agar biletlarni majburiy sotishga harakat qilganimizda Telegram kanallarida konsert haqida eʼlon bermas edik. Bitta bilet majburiy sotilsa ham, bizning qilayotgan mehnatlarimiz kuygan bo‘ladi. Holatga aniqlik kiritib, bo‘limga berilgan 200 ta biletimizni qaytarib olamiz”, — deydi tadbirkor.
    15.06.2023, 18:50   Izoh (0)   11910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar elektr tarmoqlari nega tez-tez chiroq o‘chayotganiga izoh berdi

    15.06.2023, 18:11

    Toshkent shahar IIBB issiq harorat oqibatida svetofor erib ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    15.06.2023, 18:05

    “QQS pasaytirilishiga qaramay 1-chorakdagi soliq va bojxona tushumlari 10 foizga oshdi” — Sherzod Kudbiyev

    15.06.2023, 17:59

    Toshkent viloyatida o‘quvchi qiz rasmga tushayotganda daryoga tushib ketib, vafot etdi

    15.06.2023, 17:48

    Andijonda ayol farzandining aybi sabab yuz foiz yonib, halok bo‘ldi

    15.06.2023, 17:30

    Samarqandda eridan qasd olish maqsadida farzandini bo‘g‘ib qiynagan ayol sudda ham janjal chiqardi (video)

    15.06.2023, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46

    Dizaynerlar qo‘lida bor narsalardan yaratgan: mashhur filmlardagi afsonaviy kostyumlar

    Kino | 16 avgust, 15:30

    OpenAI ChatGPT ilovasidan qancha daromad olgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 16 avgust, 15:11

    Avstraliyalik olimlar mahalliy qushlarning ayrim turlari jinsini o‘zgartirishi mumkinligini aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 14:59

    Taqiqlangan diniy materiallar tarqatgan jizzaxlik 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 14:45

    O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

    Sport | 16 avgust, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.