Toshkentning Chilonzor tumanidagi sexda 14-iyun kuni portlash yuz berib, 6 kishi jarohat oldi.
FVV bergan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, “Astrobod” ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSB, Hududgaz va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra chaqnash oqibatida 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Izoh (0)