O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar—may oylarida 2,6 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning eng ko‘pi Tojikiston fuqarolari bo‘lgan — 797,8 ming nafar.
Undan keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar fuqarolari egallagan:
- Qozog‘iston — 656,5 ming nafar;
- Qirg‘iziston — 649,5 ming nafar;
- Rossiya — 279,8 ming nafar;
- Turkiya — 39,5 ming nafar;
- Turkmaniston — 21,2 ming nafar;
- Koreya — 12,4 ming nafar;
- Hindiston — 12,3 ming nafar;
- Xitoy — 9,6 ming nafar;
- Germaniya — 9,5 ming nafar.
O‘zbekistonga 5 oyda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha bo‘lgan:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 2,2 million kishi;
- dam olish — 274,1 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 51 ming kishi;
- davolanish — 28,1 ming kishi;
- tijorat — 18,4 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 4,5 ming kishi.
Izoh (0)