Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida otaxon elektr arra bilan itni jarohatladi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma‘lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida itga elektr arrada jarohat yetkazilganligiga oid izoh va fotosuratlar tarqaldi. O‘z navbatida holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazilib, mazkur qonunbuzarlik 12-iyun kuni Do‘stlik tumanining Alisher Navoiy mahallasida yashovchi H.Q. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Ushbu shaxsga nisbatan Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan, belgilangan tartibda ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh (0)