Shaxmat bo‘yicha Norway Chess—2023 musobaqasida 29-maydan 9-iyunga qadar o‘tkaziladi.
Musobaqaning dastlabki kunida blits yo‘nalishi bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. To‘qqizta urinishda 6 ochko to‘plagan Nodirbek Abdusattorov blits bahslari g‘olibiga aylandi va klassik to‘qnashuvlarda birinchi raqam ostida saralandi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Fabiano Karuana, Aryan Tari, Uesli So, Anish Giri va Gukesh Dommarajuni mag‘lubiyatga uchratdi. Shaxriyor Mamedyarov hamda Alireza Firuzja bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Hikaru Nakamura va Magnus Karlsenga yutqazib qo‘ydi.
30-may kunida klassik yo‘nalishdagi bahslar boshlanadi. Quyida blits natijalari bilan tanishing:
- Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 6
- Alireza Firuzja (Fransiya) — 5,5
- Shaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon) — 5,5
- Hikaru Nakamura (AQSH) — 5
- Uesli So (AQSH) — 5
- Fabiano Karuana (AQSH) — 5
- Magnus Karlsen (Norvegiya) — 4,5
- Anish Giri (Niderlandiya) — 3,5
- Aryan Tari (Norvegiya) — 2,5
- Gukesh Dommaraju (Hindiston) — 2,5
Abdusattorov klassik yo‘nalishidagi bahslarni Anish Giriga qarshi partiya bilan boshlaydi. Ikkinchi raundda unga Aryan Tari raqib bo‘ladi.
Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 225 ming dollarni tashkil qiladi. G‘olib 67,5 ming dollarga ega bo‘ladi.
Izoh (0)