“Barselona” Xavi bilan shartnomani uzaytiradi.
So‘nggi haftalarda klub va bosh murabbiy o‘rtasida yangi shartnoma borasida muzokaralarda jiddiy siljish kuzatilgan, deya xabar beradi Diario Sport.
Mutaxassis 2026-yilgacha mo‘ljallangan bitim imzolashi kutilmoqda.
Xavi 2021-yildan buyon “Barselona”ni boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida “ko‘k-anorranglilar” 2022/23-yilgi mavsum Ispaniya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)