• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    UEFA tarixidagi eng mudhish voqea. Ingliz klublarining Yevrokuboklardan chetlatilishiga sabab bo‘lgan Eyzel fojiasi haqida

    Angliya klublari 1980-yillarda Yevropa turnirlarida dominantlik qilgan. Olti yil ichida Tumanli Albion klublari besh marta Chempionlar Kubogi va ikki marta UEFA Kubogini qo‘lga kiritgandi.

    Biroq 1985-yil 29-mayda tarixga Eyzel fojiasi nomi bilan kirgan voqea yuz bergan. Shundan so‘ng Angliya klublari 5 yilga Yevrokuboklarda ishtirok etishdan chetlatilgandi.

    Foto: Getty Images

    “Eyzel” stadionida 29-may kuni nima yuz bergan? “Liverpul”ning bunga qanday aloqasi bor?

    “Bu kichik xonaga kirib olgan filga o‘xshardi. Bu mavzu haqida gapirilmasdi, tabu edi. Hatto eng yaqin do‘stlarimiz bilan yolg‘iz qolganimizda ham gapirmasdik”, — degandi “Liverpul”ning o‘sha vaqtdagi futbolchisi Mark Lourenson.

    Bu Bryusseldagi odatiy bahor oqshomi edi. Belgiyaning eng katta arenasi bo‘lgan “Eyzel” stadioni o‘z tarixida to‘rtinchi marta Chempionlar Kubogi finaliga mezbonlik qilish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. “Liverpul” o‘z titulini himoya qilishi kerak edi. Ingliz klubiga tarkibida uch karra “Oltin to‘p” sohibi Mishel Platini harakat qiladigan “Yuventus” raqiblik qilgan.

    1930-yilda qurilgan “Eyzel” stadioni mashhurligiga qaramay, yaxshi holatda emasdi. Final o‘tkazilgan vaqtda 66 ming nafar tomoshabinni sig‘dira olgan maydon xarob ahvolga kelib qolgandi. Stadionning yaroqsizligi va xavfsizlik talablariga javob bermasligi haqida “Yuventus” va “Liverpul” delegatsiyalari ham xabar berdi. Mersisayd klubi bosh direktori Piter Robinson uchrashuvni boshqa maydonga ko‘chirishni so‘radi (variantlar orasida “Santyago Bernabeu” va “Kamp Nou” bor edi). Biroq UEFA finalni Bryusselda o‘tkazish qaroridan qaytmadi.

    Umuman olganda finalning tashkilotchiligi masalasida ko‘plab savollar tug‘ildi. Ularning asosiysi nega italyan tifozilariga “Liverpul” muxlislari o‘tirgan sektor yonidan chipta sotilgani edi.

    Foto: Twitter

    Final uchun chiptalar shunday taqsimlangan — neytral muxlislar maydon markazidagi tribunalarda, “Yuventus” va “Liverpul” muxlislari darvozalar orqasida o‘tirishi kerak edi.

    Hozirda bu finalda o‘ynaydigan ikki jamoa muxlislari o‘rtasida tartibsizliklar va provokatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun asosiy xavfsizlik qoidasiga aylangan. Biroq neytral muxlislar va “Liverpul” ishqibozlari uchun atalgan tribunalar orasidagi bitta sektorga “Yuventus” muxlislari uchun chipta sotilgandi. Bu “Z” sektori edi. Umuman olganda italiyalik va angliyalik muxlislar o‘rtasida ingichka temir to‘siq va o‘nlab politsiyachi bor edi, xolos.

    Foto: Getty Images

    O‘yin boshlanishiga bir yarim soat qolganida muxlislar stadion tribunalarini to‘ldirishni boshladi. Kutilganidek darvozalar ortidagi sektorlar birinchi bo‘lib to‘ldi. “Liverpul” muxlislari turinliklarni o‘z yaqinida ko‘rib, bir qator provokatsion harakatlarni boshladi — haqoratli hayqiriqlar va har xil buyumlarni uloqtirish. “Yuventus” tifozilarining javob hayqiriqlaridan keyin vaziyat keskinlashdi.

    Italiyalik muxlislar o‘z klubi ramzi tushurilgan bayroqni ilganidan keyin, inglizlar raqib sektoriga oshib o‘tishni boshladi. “Liverpul” ishqibozlari temir to‘siqni qulatdi, “Z” sektoridagilar esa vahimaga tushdi va qochishga urindi.

    Foto: Getty Images

    To‘qnashuv boshlandi, tribunalar burchagida ko‘p odam to‘planishi oqibatida beton devor qulab tushdi. Ming nafarga yaqin muxlis beton devordan zarar ko‘rdi. 39 kishi halok bo‘ldi, 500 dan ortiq kishi yaralandi.

    Halok bo‘lgan va yaradorlarning jasadlari ommaviy ravishda stadiondan olib chiqilib, arena ostidagi avtoturargohga qo‘yildi. Guvohlarning aytishicha, jasadlar ko‘chada, bayroqlarga o‘ralgan holda yotardi. Stadion esa haqiqiy do‘zaxga aylangandi.

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    Bu vaqtda futbolchilar qo‘rquv ichida kiyim almashtirish xonasida o‘tirardi. Ular tartibsizliklar haqida bilgan, ammo fojia ko‘lami qanchalik katta ekanini tasavvur ham qilmagandi. “Liverpul” o‘yinchisi Mark Lourenson voqealarni shunday eslaydi.

    Jamoamizdagilarning barchasi bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin futbol o‘ynab bo‘lmaydi, deb hisoblardi. Odamlar o‘layotganini bilib turardik. Hamma o‘ziga maydonga chiqmayman, deyotgandi. Lekin majbur bo‘ldik.

    Belgiya politsiyasi rahbari jamoalar kiyim almashtirish xonalariga kirdi va uchrashuv o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi. Bir tomondan bu sinizmning yuqori darajasi bo‘lib ko‘rinsa, boshqa tomondan qarama-qarshi darvoza ortidagi muxlislarning politsiya bilan to‘qnashishni boshlaganini hisobga olganda, o‘yinning bekor qilinishi yanada kattaroq tartibsizliklarga olib kelishi mumkin edi.

    Foto: Getty Images

    Avtoturargohda 39 kishining jasadi yotgan vaqtda UEFA vakili o‘yinni o‘tkazish buyrug‘ini berdi. Mahalliy vaqt bilan 20:15 da uchrashuvga start berildi.

    O‘sha vaqtda eng kam o‘ylanayotgan narsa futbol edi. Faqatgina “Yuventus” futbolchisi Mishel Platini shubhali penaltini golga aylantirganidan keyin xuddi hech narsa bo‘lmagandek, xursandchilik bilan yarim maydonni yugurib nishonladi. Bu uchrashuvdagi yagona gol bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    2015-yilda fojianing 30 yilligi munosabati bilan UEFA prezidentiga bu borada rasmiy bayonot berish uchun so‘rov yuborilgan. Biroq u so‘rovni e’tiborsiz qoldirgan. O‘sha vaqtda UEFA prezidenti Mishel Platini edi.

    Bu voqeadan keyin ingliz klublari va muxlislari nafrat to‘lqiniga duch keldi. Lourensonning so‘zlariga ko‘ra, finalning ertasiga “Liverpul” o‘yinchilarini “samosud” qilmoqchi bo‘lishgan. “Keyingi kun aeroportda bizni politsiya otryadlari qo‘riqladi. Odamlar bizga tupurishga harakat qildi va haqoratlar bilan ko‘mib tashladi”.

    Barcha ogohlantirishlarga qaramay uchrashuvni bekor qilmagan UEFA “Liverpul”ni jazolashi kerak edi. Biroq hukm chiqarishda Angliyaning bezorilik qilgan boshqa jamoalari muxlislarining xatti-harakatlari ham hisobga olingan. Masalan, Rotterdamdagi “Tottenhem”, Sent-Etyendagi “Manchester Yunayted” va Bazeldagi Angliya terma jamoasi muxlislari sabab qilib ko‘rsatilgan.

    Foto: Getty Images

    Ajablanarlisi shundaki, bu voqea haqida Angliyada bo‘lgani kabi Italiyada ham jimlikni saqlashni afzal ko‘rishadi. Muxlislarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari tufayli butun Angliya futboli zarar ko‘rdi. Jiddiy sanksiyalar qo‘llandi — “Liverpul” olti yilga (aslida 10 yilga) Yevrokuboklardan chetlatildi, Angliyaning boshqa klublari esa besh yilga musobaqada ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

    Fojiadan to‘rt yil o‘tib, 14 nafar mersisaydlik muxlis ommaviy ravishda odam o‘ldirgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan.

    Yevrokuboklardan chetlatilgan ingliz klublari ommaviy tarzda noroziligini bildirdi. Biroq butun Yevropa stadionlarida muammo bo‘lgan o‘zini boshqara olmaydigan muxlislar o‘zlaridan xafa bo‘lishi kerak edi. 

    1995-yilda “Eyzel” stadioni buzib tashlandi va uning o‘rniga qirol Boduen nomidagi yangi arena qurildi. Faqatgina 1999-yilga kelib, ingliz klubi yana Yevropa kubogini boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi, biroq u vaqtga kelib musobaqa nomi Chempionlar Ligasiga o‘zgartirilgan edi.

    29.05.2023, 23:54   Izoh (0)   14004
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Paxtakor” o‘zida “Surxon” ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi 

    29.05.2023, 22:01

    “Barselona” Xavi bilan shartnomani uzaytiradi 

    29.05.2023, 21:19

    Rasman: Maurisio Pochettino — “Chelsi” bosh murabbiyi 

    29.05.2023, 17:05

    O‘zbekiston OTJ ishtirok etishi kutilgan Xitoydagi xalqaro turnir boshqa muddatga ko‘chirildi

    29.05.2023, 16:51

    U-20 JCH—2023 sabab qoldirilgan “Nasaf” — “Paxtakor” uchrashuvining yangi sanasi ma’lum qilindi

    29.05.2023, 15:49

    APL—2022/23 yakunlari: “Lester” ligani tark etdi, “Tottenhem” esa Yevrokuboklarsiz qoldi

    29.05.2023, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.