• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Bunday zarbalarga boshqasi dosh berolmasdi”. Mayk Tayson faoliyatidagi eng qiyin jang haqida (video)

    Bundan roppa-rosa 36 yil oldin, 1987-yil 30-may kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘sha vaqtda og‘ir vazn toifasida WBC va WBA kamarlari sohibi Mayk Taysonning sobiq jahon chempioni Pinklon Tomasga qarshi jangi bo‘lib o‘tgan. Oltinchi raunddayoq Tomasni nokautga uchratgan Temir Mayk keyinchalik faoliyatidagi eng kuchli raqibi sifatida aynan Pinklonni ko‘rsatgan. Quyida ushbu jang tafsilotlari haqida so‘z boradi.

    Pinklon Tomas 1984-yilda Tim Uizerspunni ochkolar hisobida mag‘lub etib, WBC kamariga ega chiqqandi. Keyin esa Mayk Uiverga qarshi himoya jangini o‘tkazdi va g‘olib bo‘ldi. 1986-yilda o‘tkazilgan Trevor Berbikka qarshi bahsda esa sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi. O‘sha vaqtda Tomasning narkotik moddalar bilan bog‘liq muammolari borligi ma’lum bo‘lgandi.

    Mayk Tayson esa 1986-yilda og‘ir vaznda WBC kamari sohibi Trevor Berbikka qarshi jang o‘tkazib, g‘alaba qozongan va yangi chempionga aylangan. 1987-yilning 7-mart sanasida esa Jeyms Smitga qarshi WBC va WBA kamarlari uchun ringga ko‘tarilib, unda ham g‘olib chiqadi. Temir Mayk Pinklon Tomasga qarshi jangda o‘zining WBC va WBA kamarlarini birinchi marta himoya qilishi kerak edi.

    Jang oldidan Tomas Taysonga qo‘l uzatadi va imkoniyat uchun rahmat aytadi. Biroq Mayk bunga haqorat bilan javob beradi.

    Tayson birinchi raunddayoq g‘alaba qozonishi mumkin edi

    Jangda Mayk Tayson tomoshabinlarga bir yoki ikki emas, balki ko‘proq raundlar davomida o‘z mahoratidan bahramand bo‘lish imkoniyatini berdi. U birinchi raunddayoq g‘alabani qo‘lga kiritishi mumkin edi. Pinklon chap qo‘l jeb zarbalari bilan Maykni masofada ushlashga harakat qildi. Biroq bu omadli chiqmadi. Tomas raund tugashiga 40 soniya qolganda raqibining o‘ng va chap qo‘lda berilgan huk zarbalaridan o‘zini yo‘qotdi va ring burchagiga borib qoldi. Tayson sakkiz zarbali seriyani amalga oshirdi, biroq Pinklon bunga dosh bera oldi va nokdaunga uchramadi.

    Tomas tiklanishga muvaffaq bo‘ldi va keyingi to‘rtta raundda ham muvozanatni saqlay oldi. U ikkinchi raundni apperkot zarbasi bilan boshladi. Klinchdan keyin Tayson chap qo‘lda yondan bergan zarbasi bilan javob qaytardi. Pinklon seriyalar bilan ishlashni boshladi, lekin ularning hech qaysisi aniq yetib bormadi.

    Uchinchi raundda Tomasning jeblari samaraliroq chiqishni boshladi va Taysonning ba’zi hujumlarini to‘xtatib ham qoldi. Bu Pinklon o‘tkazgan eng yaxshi raund edi va unda haqli ravishda g‘olib chiqqandi.

    Foto: The Sun

    To‘rtinchi uch daqiqalikda Taysonning o‘ng qo‘lda bergan kuchli zarbasi noaniq chiqdi. Mayk biroz sarosimaga tushdi va jangni qanday uslubda davom ettirishni bilmayotgandek ko‘rinardi. Tomas raund oxirigacha Temir Maykning hujumlarini munosib zarbalar bilan kutib olishda davom etdi. Jangchiga bu raundda ham hakamlar tomonidan haqli ravishda ko‘proq ochkolar berilishi mumkin edi.

    Beshinchi raund klinch bilan boshlandi. Tomas Taysonning hujumlarini jeblar bilan to‘xtatayotgandi. Pinklon jang tizginini qo‘liga olgandi va uni boshqarayotgandi. Biroq raund so‘ngida Mayk yana bir kuchli chap qo‘l zarbasini yo‘lladi. Tomas esa muvozanatni saqlab qolishga erishdi.

    Tayson oltinchi raundda ikkala qo‘li bilan apperkot va huklar seriyasini uyushtirdi, ularning bir qismi raqibining jag‘ qismiga aniq yetib bordi. Tomas gandiraklab qoldi va navbatdagi hukdan keyin faoliyatida birinchi marta ringga quladi. Referining sanog‘i tugaguncha Pinklon o‘ziga kelishga ulgurmadi. Bu vaqtda uning murabbiyi Anjelo Dandi ringga chiqdi. Jang to‘xtatildi va Taysonga texnik g‘alaba yozildi.

    Foto: Getty Images

    Temir Mayk o‘zining g‘alabali seriyasini 30 ta jangga yetkazadi. Pinklon Tomas oradan bir yil o‘tib, 1988-yilda ringga qaytdi. Taysondan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin murabbiy Anjelo Dandi Pinklon bilan mashg‘ulot o‘tkazmaslikka qaror qildi.

    Jangdan keyin

    Pinklon Tomasga qarshi jangdan keyin Mayk Tayson mutlaq chempion maqomi uchun Toni Takkerga qarshi ringga ko‘tariladi va g‘alaba qozonadi. Oradan ancha vaqt o‘tib, 2023-yilda Tayson faoliyatidagi eng kuchli raqib sifatida Pinklonni e’tirof etdi.

    Avval Pinklon Tomas haqida o‘ylamagandim. Lekin yaqinda avvalgi janglarimni qayta ko‘rib chiqib, Pinklon Tomas faoliyatimdagi eng qiyin raqib bo‘lganini tushundim. Hammasi bir do‘stimning Tomas bilan bo‘lgan jangni qayta ko‘rishni tavsiya qilganidan so‘ng boshlandi va o‘zim uchun ilgari sezmagan ko‘plab yangi narsalarni kashf qildim. Gap shundaki uning bosh qismiga 17 ta aniq zarba bergandim. Ha, uni nokautga uchratdim, biroq buning uchun 17 ta juda kuchli zarba kerak bo‘ldi. Hech qaysi raqibim Tomas kabi bu qadar ko‘p aniq zarbaga dosh berolmasdi, — deydi Tayson.

    Taysonga qarshi jangdan keyin Tomasning faoliyatida pasayish kuzatildi. Bokschi Evander Holifild, Riddik Bou va Tommi Morrisonga yutqazdi. Shundan so‘ng ikkinchi darajali bokschilar ustidan qator g‘alabalarga erishdi. 1993-yilda esa IBF kamari uchun Lourens Karterga qarshi ringga chiqdi va mag‘lubiyatga uchradi. Bahsdan keyin Tomas faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

    30.05.2023, 23:34   Izoh (0)   16467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Og‘riq va qon. Mayk Tayson va Evander Holifild o‘rtasidagi shov-shuvli janglar haqida

    28.06.2022, 23:49

    Dunyoni larzaga keltirgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida

    12.02.2023, 00:23

    Karim Benzema “Real”ni tark etishga yaqin. Fransuzga Saudiya Arabistoni klubidan taklif bor 

    30.05.2023, 18:21

    Erling Holand, Robert Levandovski va Paulo Dibala. 2022/23-yilgi mavsumning eng yaxshi transferlari reytingi e’lon qilindi

    30.05.2023, 14:34

    Lionel Messi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin 

    30.05.2023, 13:39

    Norway Chess—2023. Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 30-may kuni klassik yo‘nalish bahslari start oladi

    30.05.2023, 11:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.