• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Dunyoni larzaga keltirgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida

    Bundan 33 yil avval 11-fevral kuni Tokioda shov-shuvli jang bo‘lib o‘tadi, uning natijasi jangdan-da shov-shuvli bo‘ladi. Natija esa butun dunyoni larzaga soladi. Bu jangnda Temir Mayk Tayson Jeyms Baster Duglasga yutqazib qo‘yadi. O‘sha oqshomda buyuk nokautchining adabi berib qo‘yilgandi. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan 2022-yildagi maqolani qayta taqdim etadi.

    Mayk Tayson hammaning “ajali” edi. Uni g‘azab boshqarardi

    Tayson o‘z faoliyatini 18 yoshida boshlagan va darhol ringdagi raqiblarining dodini bergan. Mayk bir yarim yil davomida 27 ta jang o‘tkazib, har birida g‘alaba qozongan, shunchaki aql bovar qilmas tezlik. Ba’zida uning janglari orasidagi interval bir haftani tashkil qilardi. Mayk ringga chiqib, istalgan raqibini yer tishlatardi.

    1986-yilda u Trevor Berbikni ikkinchi raundda nokautga uchratib, o‘zining birinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritadi. Mayk og‘ir vazn toifasi tarixidagi eng yosh chempionga aylanadi, jang kuni u 20 yosh-u 145 kunlik edi. Bu natija haligacha yangilangani yo‘q.

    2,5 yil davomida Tayson raqiblarini mag‘lub etaverib, WBA, IBF, WBC va The Ring kamarlarini to‘plab qo‘ydi. U og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Faoliyatini yakunlagandan so‘ng bokschi o‘zining yoshlik paytlarini quyidagicha yodga olgan:

    “O‘sha paytda bamisoli maxluq bo‘lganman. Qo‘lqoplarni kiyib, ringga chiqqanimda shaxsiyatim o‘zgarardi. Mayk Tayson boks tushmasdi, bu boshqa odam edi. O‘shanda zarbam bilan odamlarni o‘ldirib qo‘yishim mumkinligini o‘ylamaganman ham, chunki bu qo‘limdan kelardi. Gavda jihatidan o‘zimdan kattaroq yigitlarga qarshi chiqardim, lekin bunga ahamiyat bermaganman. Meni g‘azab boshqarardi”.

    Foto: Getty Images

    1990-yillarning boshlarida Tayson birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq chempion va chempionlikka birinchi da’vogar Evander Holifild bilan uchrashishi kerak edi. Jang uzoq vaqt davomida rejalashtiriladi, biroq yamaykalik Aleks Styuart ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Holifild dam olish va hayotidagi asosiy jangiga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt so‘raydi.

    Tayson jamoasi bo‘sh turishni istamaydi. Mayk o‘zining so‘nggi himoyasini 1989-yilning iyul oyida o‘tkazgandi va bu paytga kelib, raqib izlash bilan ovora edi. Shuning uchun Taysonning promouteri Don King unga katta jang oldidan oraliq himoya jangini o‘tkazishni va Baster Duglas bilan mashq qilishni taklif qiladi. Taysonning navbatdagi himoyasi Tokioda o‘tkazilishi uchun yaponlar eng yirik boks tashkilotlariga 6 million dollar to‘lab beradi. Kingning cho‘ntagiga qancha yapon puli tushgani esa hamon noma’lum, ammo gap yetti xonali summa haqida ketayotgani aniq.

    Mayk taklifga rozi bo‘ladi, chunki unga kimni kaltaklashning umuman farqi bo‘lmagan.

    Duglas top-jangchi bo‘lmagan. U bungacha uch marta nokautga uchragandi

    Baster Duglas 29 yoshda edi. Uning otasi Billi “Dinamit” Duglas ham o‘z vaqtida muvaffaqiyatli faoliyat boks faoliyatini yuritgan (41 g‘alaba, 16 mag‘lubiyat va 1 durang), ammo chempion bo‘lolmagan.

    Tayson bilan jangdan oldin Baster og‘ir vazn toifasining o‘rtamiyona vakili edi — 30 ta jang, to‘rtta mag‘lubiyat (uchtasi nokaut) va faqat bitta chempionlik imkoniyati. 1987-yilda, Temir Maykning parvozi endigina boshlanganida, Duglas IBF chempioni Toni Takerga duch kelib, o‘ninchi raundda texnik nokaut bilan yutqazib qo‘ygandi.

    “Toniga yutqazganim meni kuchliroq qilgan deb o‘ylayman. Ha, maqsadimga yaqin kelgandim, lekin yana unga yaqinlashishimni bilardim. Birinchi marta mag‘lub bo‘lish, unvon uchun kurashdagidan ko‘ra og‘riqliroq edi”, — deya yodga olgandi Duglas.

    Foto: Getty Images

    Baster ketma-ket oltita jangda g‘alaba qozonishga ulgurgandi, u bu yo‘lda sobiq va bo‘lajak chempion Berbik hamda Oliver Makkolni nokautga uchratgan. Ikki yirik g‘alaba Duglasga Taysondek yirtqichga qarshi yana bir titul jang o‘tkazish imkoniyatini berardi. Jangdan oldin barcha Basterning Mayk uchun yengil “kechki ovqat” bo‘lishi haqida gapiradi. Boisi Duglas The Ring’ning og‘ir vazn toifasi reytingida bor-yo‘g‘i yettinchi o‘rinni egallab turgandi, hech kim uni jiddiy qabul qilmagan.

    Har ikki bokschi jang oldidan muammolarga duch keladi

    1988-yilning oxirida Mayk menejer Bill Kleyton va murabbiy Kevin Runi bilan xayrlashadi. Runi bilan xayrlashish Taysonning jismoniy holati va texnikasiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi. Kevin Maykning chempionlik uslubi charxlanishida muhim rol o‘ynagan va Kas D’Amatoning o‘limidan so‘ng murabbiylik rolini o‘z qo‘liga olgandi. Runi ketganidan so‘ng Mayk eski taktika asosida ikkita jangda g‘alaba qozonadi, ammo Duglasga qarshi bahsda murabbiyning burchakda yo‘qligi yaqqol bilinadi.

    1989-yilning fevral oyida Tayson yana bir zarba qabul qilib oladi — birinchi rafiqasi Robin Givens bilan ajrashish jarayoni boshlanadi. Nikoh roppa-rosa bir yil davom etgandi. Givens erining o‘zini tutishidan qo‘rqishini ma’lum qilgan — bokschi aktrisani xiyonat qilishda ayblardi. Mayk ajrimga e’tibor bermaganini aytgan bo‘lsa-da, o‘zini tutishida o‘zgarishlar kuzatilgan.

    Tayson mashg‘ulotlarga jiddiy yondashmagan. Hatto Duglas bilan jang oldidan uning sparring paytida bir necha marta nokdaunga uchraganligi haqida ham mish-mishlar tarqaldi.

    “Mashg‘ulotlarga beparvo munosabatda bo‘lganman deb ayta olmayman. Ammo janglar orasida o‘zimga juda ko‘p narsani ravo ko‘rardim. Qizlar, giyohvand moddalar — xullas, hamma narsa bor edi. Lekin Duglas qarshi jang oldidan zalga qatnaganman — buni aniq eslayman. O‘sha paytda shunchaki mashg‘ulot o‘tkazardim va ayollar bilan munosabatda bo‘lardim. Bu narsa Yaponiyaga uchib borganimizda ham davom etdi. Basterni o‘rganib chiqdimmi? Yo‘q, albatta. Uning birorta jangini ko‘rganim yo‘q”, — degandi Mayk.

    Foto: Getty Images

    Duglas ham yaxshi holatda emasdi. Basterning hayotida uch nafar sevimli ayol bo‘lgan: onasi Lula, rafiqasi Bert va ma’shuqasi Dorris. U bir lahzada ularning barchasidan ayriladi. Jangdan bir oy oldin xotini narsalarini yig‘ib, uydan chiqib ketadi. Bokschiga o‘g‘il farzand tug‘ib bergan Dorris esa leykemiya bilan og‘rib, kasalxonada hayot uchun kurashayotgandi. Tayson bilan uchrashuvdan uch hafta oldin esa onasi Lula vafot etadi. Basterning menejerlari unga Yaponiyadagi jangdan bosh tortishni taklif qiladi, ayniqsa Lula undan “quturgan hayvon” (Tayson nazarda tutilmoqda) bilan ringga chiqmaslikni so‘ragan. Ammo bokschi jang qilishga qaror qiladi: “Onam uchun g‘alaba qozonishni xohlagandim. Agar jangni bekor qilganimda, qo‘rqoq va noshud bo‘lardim”.

    Duglasning muammolari shu bilan tugamaydi. Ringga chiqishdan bir kun oldin sportchi shamollab qoladi — ehtimol iqlimning keskin o‘zgarishi bunga ta’sir qilgandir. Jangchining harorati 38 darajaga ko‘tariladi, u kecha-yu kunduz antibiotiklar qabul qilsa-da, maqsadidan voz kechmaydi.

    Jang oldidan Duglasga hech kim ishonmasdi, hatto Billining otasi ham o‘g‘liga oson bo‘lmasligini aytgan. Bukmekerlar esa uning g‘alabasiga aql bovar qilmas darajadagi koeffitsiyentlar qo‘yadi. Mutaxassislar bir ovozdan Taysonning raqibini yo‘q qilib yuborishini bildiradi, Associated Press jurnalisti Ed Shuyler esa bo‘lajak jang haqida kulgi aralash shunday deydi: “Tokioda qancha vaqt ishlayman? Menimcha, 90 soniyadan ko‘p emas”.

    Duglas Taysonni “zapchast”larga bo‘lib tashlaydi. Maykning jamoasi jangga tayyor emasdi

    Mayk ringga chiqqanida o‘ziga o‘xshamasdi. “Uning ko‘zlarida oldingi janglarda bo‘lgan vahshiylik ko‘rinmasdi. Uning o‘sha paytdagi fikrlari Tokioda bo‘lmagandek tuyulardi”, — degandi boks eksperti Larri Merchant.

    Baster esa aksincha kuchli vajohat bilan ringga chiqqan. Oilaviy muammolar uni faqat kuchli qilgandi — u qasos olishni xohlardi. Taysonning oldingi raqiblarining ko‘zida qo‘rquvni ko‘rish mumkin bo‘lsa, Basterda bu narsa bo‘lmagan. U birinchi raundlardanoq raqibini jeblar bilan “siyladi”, bo‘yi va qo‘llarining uzunligidan unumli foydalanib, mohirlik bilan masofa saqladi. Temir Maykning hujumlarini xotirjamlik bilan bartaraf etadi.

    Tayson faqat to‘g‘ridan hujumlar uyushtirdi. Uning zarbalarga chap bergan holda egilib, pastdan yo‘llanadigan kuchli zarbalar kombinatsiyasi yo‘qolib qolgandi. Mayk oldinga borsa-da, hech qanday variant topa olmaydi — Duglas uning harakatlarini oldindan o‘qirdi. “Birinchi raunddayoq uning uchligiga dosh berdim — ikkita zarba yelkalarim yonidan o‘tib ketdi. O‘shanda u o‘ylaganimdek qo‘rqinchli emasligini tushunganman”, — deya eslagandi Duglas o‘sha jangni.

    Foto: Getty Images

    Baster ishonchli tarzda kuchli va aniq jeblar bilan jang tizginini o‘z qo‘liga oldi. Duglas kamdan-kam hollarda o‘ng qo‘lini (asosiy quroli) ishga solardi, ammo kerakli vaziyatlarda bundan “uyalib o‘tirmasdi”. Jeb evaziga u raqibi ustidan asosiy strategik ustunlikka erishdi, beshinchi raundda gematoma tufayli chempionning chap ko‘zi shikastlandi. Bundan tashqari Taysonda yana bir muammo paydo bo‘ldi: uning burchagi jangga tayyor emas edi — murabbiy Aaron Snouell hatto shikastlanish holatlari uchun maxsus dazmol va muz borligiga ham ishonch hosil qilmagandi. Maykning yuzidagi jarohatlarni muzli suv bilan to‘ldirilgan tibbiy qo‘lqopda davolashga harakat qilindi. Mashhur murabbiy Teddi Atlas ushbu jangdan so‘ng mashhur iborasini aytgandi: “Taysonning burchagida bir gala ahmoqlar yig‘ilgan, ular hatto baliqqa ham suzishni o‘rgata olmaydi”.

    Maykka aynan Kevin Runi yetmishmaydi. Tayyorgarlik vaqtida ham uning bo‘lmagani ringda o‘z isbotini topadi. Kevin kerakli vaqtda chempionning qaynoq shijoatini jilovlay olar, bundan tashqari, murabbiy jang paytida ham raqiblarning harakatiga baho berib, Taysonga muhim ko‘rsatmalar berardi, natijada janglarning taqdiri butunlay boshqa tomonga o‘zgarib ketardi.

    Tayson raunddan raundga kuchini yo‘qotardi, shunga qaramay raqibini nokdaun holatiga tushirishning uddasidan chiqdi. Sakkizinchi raund oxirida chempion ajoyib apperkot zarbasini yo‘llaydi. Hakam sanoqni juda sekin olib boradi va to‘qqizinchi soniyada Baster o‘rnidan turadi. Shu onda gong yangraydi.

    Ikki raunddan keyin, ehtimol, boks tarixidagi eng katta mag‘lubiyat yuz beradi. Bu xuddi filmlardagidek edi:

    • Duglas apperkot yo‘lladi — holdan toygan Tayson muvozanatni yo‘qotdi;
    • Duglas to‘rt zarbadan iborat kombinatsiyasini Maykning boshi tomon yo‘llab, uni tamomila qiyin ahvolga tushirib qo‘ydi;
    • Tayson yiqildi, tizzasiga o‘tirgan holda kapasini og‘ziga solishga harakat qilardi;
    • O‘n sanog‘i yangraganda o‘rnidan turdi, biroq zo‘rg‘a oyoqda turardi. Shundan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va boks tarixidagi eng shov-shuvli mag‘lubiyatni qayd etdi.

    Jang to‘xtatilganda hakamlarning fikrlari keskin farq qilardi: amerikalik Larri Rosadilya g‘alabani Duglasga (88-83) bergan bo‘lsa, yaponiyalik Ken Morita (87-86 Tayson foydasiga) va Masakazu Uchida (86-86) boshqacha fikrda edi. Agar Tayson yakuniy gongga qadar “turib berganida” jang durang yoki uning g‘alabasi bilan yakunlanishi ham mumkin edi.

    Bu g‘alaba onam uchun, u hayotimdagi asosiy ayol. U bo‘lmasa, men ham bo‘lmasdim. Yaratgan uni narigi dunyoda ham asrasin, — degandi Baster jangdan keyin.

    Ammo Duglas g‘alabadan to‘liq rohatlana olmaydi. Taysonning promouteri Don King hakamning harakatlari ustidan apellyatsiya beradi. Kingning fikricha, hakam sakkizinchi raundda, Baster nokdaunga uchraganida sanoqqa juda ko‘p vaqt sarflagan — to‘liq 13 soniya. Ammo IBF darhol Duglasning g‘alabasini qonuniy deb tan oldi, to‘rt kundan keyin WBC va WBA ham bu qarorga qo‘shildi. Mustaqil komissiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, sanoq paytida hakam vaqtga emas, bokschining holatiga e’tibor qaratadi. “King — yaramas odam. U hayotimdagi eng yaxshi to‘rt kunni o‘g‘irladi. G‘alabadan xursand bo‘lish o‘rniga, komissiyaning qarorini kutdim”, — degandi Duglas.

    Baster Yaponiyadagi jang uchun 1,3 million dollar oladi. Taysonning gonorari esa 6 million dollarni tashkil qilgan. Ammo butun dunyo bo‘ylab muxlislar jangning adolatli o‘tganiga shubha bilan qaraydi: ko‘pchilik Maykni mag‘lubiyat uchun “qora gonorar” olgan va keyinroq katta pul evaziga revansh o‘tkazadi degan fikrni ilgari surgan.

    Duglas navbatdagi jangida chempionlikni boy beradi

    Duglas va Tayson boshqa ringda uchrashmaydi. Ularning faoliyati turli yo‘nalishlar bo‘yicha ketadi. 1990-yil oxirida Baster uchinchi raundda Holifildga nokaut bilan yutqazib, barcha unvonlarini yo‘qotadi. Duglas himoya jangiga mutlaqo tayyor emas edi — u Mayk bilan jangdagidan 7 kg og‘irroq bo‘lib, ringga chiqadi. Larri Merchant chempionga qarab, shunday degandi: “Qorniga qarang! Bu haqiqatan ham Taysonning adabini bergan yigitmi?” Jangdan so‘ng Baster darhol faoliyatini yakunladi.

    Foto: Getty Images

    Holfild bilan jangdan oldin King Duglasga Tayson bilan revansh jangi uchun 10 million dollar taklif qilgan. Baster taklifni rad etadi. Holifild bilan jang uchun turli hisob-kitoblarga ko‘ra, u 17 dan 25 million dollargacha olgan.

    Duglas keyingi yillarini pullarni sovurish va maishatga sarflaydi. Bir necha yil o‘tgach, bokschi 180 kg vaznga ega bo‘ldi va hatto diabetik komaga ham tushib qoladi. Sog‘ayganidan so‘ng esa Baster sport zaliga qaytadi va 1996-yilda faoliyatini qayta tiklaydi. Tayson va Holifild bilan janglar uchun olingan gonorarlar besh yil ichida tugab bo‘lgandi. Duglas taniqli bo‘lmagan bir qancha raqiblarga qarshi yana sakkizta jangda g‘alaba qozonadi, Roy Jons bilan duel uchun muvaffaqiyatsiz muzokaralar olib boradi, Lu Savarizga uch daqiqada nokaut bilan yutqazadi va nihoyat 1999-yilda sportni butunlay tark etadi. Duglas hozirda Ogayoda biznes bilan shug‘ullanmoqda (mehmonxona va bir nechta do‘kon faoliyatini yo‘lga qo‘ygan), shuningdek Kolumbusda sport zali ochgan.

    Tayson Basterga mag‘lub bo‘lganidan to‘rt oy o‘tib, ringga qaytdi va uch daqiqada Genri Tillmanni tinchitdi. Shundan so‘ng Temir Mayk yana bir yil jang qiladi (uchta jang) va 18 yoshli model Dezir Vashingtonni zo‘rlagani uchun uch yil qamoq jazosiga hukm qilindi. 1995-yilda Mayk ringga qaytib, yana chempion bo‘ladi, ammo Holifild bilan jangdan keyin unvonini yo‘qotadi. Keyin hammaga ma’lum bo‘lgan voqealar: bir nechta g‘alaba, Lennoks Lyuisdan dahshatli nokaut, qo‘lqoplarning mixga ilinishi va bankrotlik.

    12.02.2023, 00:23   Izoh (0)   22551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    A Seriya. “Roma” safarda raqibini yenga olmadi 

    11.02.2023, 23:51

    Liga 1. “Monako” “PSJ” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi 

    11.02.2023, 23:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Flamengo” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi va 3-o‘rin sohibiga aylandi 

    11.02.2023, 22:33

    APL. “Arsenal” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi, “Tottenhem” “Lester”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi 

    11.02.2023, 21:45

    Bundesliga. “Bavariya”da yirik, “Borussiya D”da esa ishonchli g‘alaba 

    11.02.2023, 21:18

    A Seriya. Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda “Spetsiya” g‘alabani qo‘ldan chiqardi 

    11.02.2023, 21:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.