• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev 25 may — So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami munosabati bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrik yo‘lladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida tabrik matni to‘liq holda havola etiladi.

    Qadrli farzandlarim!

    Avvalo, mana shu quvonchli ayyomda yetuklik shahodatnomasini qo‘lga olib, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Sizlar orziqib kutgan 25-may sanasida mamlakatimizdagi 10 mingdan ziyod maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qariyb 392 ming nafar yoshlarimiz qadrdon maktablari, mehribon ustozlari bilan xayrlashmoqda. Ayniqsa, 12 mingdan ortiq bitiruvchilarimiz o‘qishni oltin, 2 mingdan ziyodi kumush medal bilan yakunlayotgani bayram shukuhini yanada oshirmoqda.

    Albatta, bularning barchasi nafaqat siz, aziz farzandlarimiz, balki biz – ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham g‘oyat quvonchli va hayajonli voqealardir.

    Sizlarni zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, jamiyatimizda munosib o‘rin egallashingiz uchun yangilangan Konstitutsiyamizda belgilangan beqiyos imkoniyatlar kutmoqda.

    Hech shubhasiz, o‘z bilim va iste’dodini Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlarga sarflashga bel bog‘lagan siz kabi yoshlar – yangi O‘zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

    Aziz o‘g‘il-qizlarim!

    Bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotida milliy yuksalish davri boshlanmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor berayotganimiz sizlarga yaxshi ma’lum. Xususan, Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili deb nom olgan 2023-yilda maxsus davlat dasturini qabul qilib, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni va obro‘-e’tiborini oshirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.

    Hozirgi vaqtda yurtimizda 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim maktablari, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari bilan birga ko‘plab nodavlat, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat yuritmoqda.

    Birgina o‘tgan yili 3,2 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 807 ta maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu yil esa o‘rta ta’lim maskanlariga 40 ming dona zamonaviy kompyuterlar, 442 ta komplekt robototexnika jihozlari va boshqa zarur ashyolar yetkazib berildi.

    “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda, yoshlarimiz o‘rtasida kitobxonlikni kuchaytirish, ularni adabiyot, san’at va sport to‘garaklariga faol jalb etish bo‘yicha izchil ish olib borilmoqda.

    Ana shunday ishlarimizning samarasi sifatida yurtimiz o‘quvchilari joriy yilda mintaqaviy va xalqaro fan olimpiadalarda 2 ta oltin, 15 ta kumush, 27 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgani, 6 nafar iste’dodli qizimiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgani barchamizni xursand qiladi.

    Shuningdek, o‘quvchilarni maktab davridayoq kasbga ega bo‘lishlari uchun 11-sinfni hayotga yo‘llanma beruvchi sinf deb belgilab, yoshlarga kamida ikkita chet tili hamda tadbirkorlarni jalb qilgan holda bitta zamonaviy kasb o‘rgatish tizimi joriy qilinmoqda.

    Hurmatli bitiruvchilar!

    Keyingi paytda O‘zbekiston unib-o‘sib kelayotgan sizdek azmu shijoatli yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Yurtimizdagi 210 ta oliygoh, 330 ta kasb-hunar maktabi, qariyb 400 ga yaqin kollej va texnikumlar sizlarga o‘zingiz tanlagan sohalar bo‘yicha yetuk kadr va malakali mutaxassis bo‘lish uchun imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

    Talabalarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, oliy ma’lumot olishini ta’minlash maqsadida 154 ta oliygohda sirtqi, 15 ta oliygohda esa masofaviy ta’lim shakli faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Shu bilan birga, davr talabidan kelib chiqib, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatadigan monomarkazlar, IT va texnoparklar bunyod etilishi ularning o‘z bizneslari bilan shug‘ullanishiga xizmat qilmoqda.

    Sizlarning jamiyatda munosib o‘rningizni egallashingiz uchun joylardagi hokimliklar, sektor rahbarlari, mahalla jamoatchiligi ham yaqin ko‘makchi va maslahatchi bo‘ladi. Bunday ezgu maqsad yo‘lida ularning eshiklari doimo sizlar uchun ochiqdir.

    Ishonchim komilki, sizlar yaratilgan ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta firma va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat qilib, o‘z bilim va malakangiz bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shasiz.

    Bugun maktabni tugatib chiqayotgan yigit-qizlarimizning har biri el-yurtimizning mehri va e’tiborida bo‘lishini yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman.

    Siz, aziz farzandlarimizni kelajakda yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz.

    Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: tinimsiz o‘qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan aslo to‘xtamang! Doimo vaqtning qadriga yetib, muntazam bilim va tajribangizni oshirib borsangiz, qat’iy belgilab olgan reja va maqsadlaringiz sari dadil harakat qilsangiz, albatta kelgusida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz.   

    Sizlarning doimo marrani baland olib, yagona kuch bo‘lib harakat qilishingizga ishonaman. Sizlar bunga albatta qodirsiz.

    Ana shunday sharafli va mas’uliyatli yo‘lda barchangizga ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilayman.

    Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

    Mustaqil hayotdagi qadamlaringiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    24.05.2023, 20:21   Izoh (0)   5544
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nashida tarqatganlikda ayblangan talaba yigitning advokati murojaat bilan chiqdi 

    24.05.2023, 19:15

    Surxondaryoda shifokorlar dorilar etiketkasini yulib, dori ishlab chiqaruvchilarga sotayotgani aytilmoqda

    24.05.2023, 17:58

    Jurnalist va blogerlarning huquqiy savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan loyiha taqdimoti o‘tkazildi

    24.05.2023, 17:46

    Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi tanishini pichoqlab o‘ldirdi

    24.05.2023, 17:37

    O‘zbekona bellashuv, quvnoq davra va hayajonli onlar: Yoshlar ittifoqining 300 nafar sardori Shahrisabzda jam bo‘ldi (foto)

    24.05.2023, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev va Singapur prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi (foto)

    24.05.2023, 17:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.