• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Nilufar Sotiboldiyevaning muvaffaqiyat yo‘li: Otasiz, ijara uyda yashagan qizcha qanday qilib O‘zbekistonning eng badavlat suxandoniga aylandi? (foto, video)

    Mahoratli boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva bu yil 41 yoshni qarshiladi. Bugungi kunda eng talabgir boshlovchi sifatida e’tirof etiladigan, o‘zbek, rus va ingliz tilida ravon gapiradigan ijodkor ham osonlikcha bu darajaga yetmagan. 

    “Televizorning ichidan chiqaman, derdim”

    Nilufar Sotiboldiyeva 1982-yili Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Oilada ikki qiz, uning bir nafar singlisi bor. 

    Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

    — Otam vafot etguniga qadar bolaligim juda go‘zal o‘tgan. Onamning aytishicha, bog‘cha yoshidan boshlab hech kimga gap bermaydigan, gapga chechan qiz bo‘lganman. Onam shifokor bo‘lgani uchun qizlarining ham shu sohani egallashini orzu qilardi. Ammo men biror marta shifokor bo‘laman demaganman. Hatto, kichik yoshda boshlovchi degan so‘zni bilmay “Televizorning ichidan chiqaman”, derdim. Afsuski, otam og‘ir hastalik sabab, hayotni juda erta tark etgan. O‘shanda men 3 yoshda, singlim esa 6 oylik chaqaloq bo‘lgan. Otamning yelkasiga mindirib olib yurgan kunlarini juda yaxshi eslayman, — deydi

    “Onam kechasi bilan yig‘lardi”

    Nilufar Sotiboldiyevani ko‘pchilik badavlat deb biladi. Ammo u oilasi bilan ko‘plab moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Otasining vafotidan so‘ng ko‘chada qolgani, tinimsiz ijara uyni almashtirgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

    — Otam vafot etganidan keyin onam ikki farzandini olib ijara uyga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Onam ToshMI da shifokor bo‘lib ishlagani bilan kam maosh olardi. Oyligi u qadar ko‘p bo‘lmagani uchun ijara pulini to‘lashga qiynalardi. O‘z uyida yashaydigan odamga kunlarning o‘tishi unchalik sezilmaydi, ammo ijarada yashaydigan odamga oy juda tez o‘tadi. Uy egalari kelib, ijara pulini so‘rashganida, ba’zan onam berolmay qolardi. O‘sha kuni kechasi bilan uxlamay yig‘lab chiqqanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rgandim. O‘shandayoq “Onamga uy sovg‘a qilaman, hech kim ijara pulini so‘rab kelmaydi”, deb niyat qilgandim, — deydi Nilufar Sotiboldiyeva.

    “Ijara uyni ko‘p almashtirardik”

    Nilufar Sotiboldiyeva bolalikdan til o‘rganishga va jurnalistikaga qiziqqan. Ko‘pchilik tengdoshlari tilni repetitorga qatnab o‘rganishsa, u mustaqil o‘rganishga majbur edi. Chunki onasining oyligi ro‘zg‘or va ijara pulidan ortmasdi.

    Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

    — Oddiy maktabda o‘qiganman, ammo undagi eng a’lochi va lider o‘quvchi edim. U yerda ingliz tilini chuqur o‘rgatishardi. Ijara uyni almashtirganimizdan keyin maktabimni o‘zgartirishimizga to‘g‘ri kelgan. Ustozlarim onamni chaqirib, “Nilufar maktabdan ketmasin, biz ham yordam beramiz”, degan. Ammo men yo‘lkiraga ham onam harajat qilishini o‘ylab, “Boshqa maktabda o‘qiyman”, deganman. Ammo yangi maktabga o‘tgach, bu qarorimdan afsuslanganman. Chunki u yerdagi ta’lim va o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan munosabati u qadar yaxshi emasdi. Liderlikka intilishim ham ko‘pchilik qizlarga yoqmasdi, — deydi Nilufar Sotiboldiyeva.

    “Yoqimsiz ishlarni qilishga majbur bo‘lganman”

    Boshlovchi 16 yoshidan boshlab ishlashga va o‘zi uchun yoqimsiz ishlarni ham qilishga majbur bo‘lganini kulib eslaydi.

    Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

    — Maktabni bitirib, texnikumning “Maktabgacha ta’lim” fakultetiga o‘qishga kirganman. Yozgi ta’tilda onamning qiynalayotganini ko‘rib, hech bo‘lmasa uch oy yordam bo‘lar deb bog‘chaga ishga kirganman. Mudira ayol ingliz tilini bilishimni eshitib quvongan, ammo meni tarbiyachi sifatida ishga ololmasligini aytgan. “Ishlashim kerak”, deb vaziyatni tushuntirganimdan keyin tarbiyachiga yordamchi qilib ishga olgan. Singlim bilan yoshimiz orasidagi farq u qadar katta emas, bolalarni tarbiyalash haqida hech qanday ma’lumotga ega emasdim. Aksiga olib, meni “yasli” guruhiga ishga olishgan. U yerdagi bolalar juda kichik, hojat qilishni ham bilmaydiganlari bor edi. 16 yoshli qiz uchun tuvaklarni to‘kish qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, ularni qilishga majbur edim, — deydi Nilufar Sotiboldiyeva. 

    “Boquvchimiz yo‘qligi uchun bepul kiyim berilardi”

    Boshlovchi bugungi kunda xorijning qimmatbaho brend kiyimlarini xarid qilishini yashirmaydi. Taassufki, u bolaligida kam ta’minlangan oila farzandlari sifatida ro‘yhatda turgan va davlat tomonidan beriladigan kiyimlarni kiygan.

    — Bundan hech qachon uyalmayman. Boquvchimiz yo‘qligi uchun har mavsumda bizga bepul kiyim-kechak berilardi. Onam kiyimga emas, ko‘proq ta'lim olishimizga pul ajratardi. KItob-daftardan pul ayamasdi.. 16 yoshimda olgan ilk maoshimni onamga olib borganimda “Senga yangi kiyimlar sotib olamiz”, degan. O‘shanda ilk marta “Otchopar” bozoriga borib, yangi ko‘ylaklar sotib olganmiz, — deydi Nilufar Sotiboldiyeva.

    “Shartnoma pulini to‘lamaganim uchun…”

    Boshlovchi o‘z kuchi bilan O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetiga shartnoma asosida o‘qishga kirgan. U qanchalik a’lochi talaba bo‘lmasin, shartnoma pulini to‘lamaganligi uchun dekanatning “qora ro‘yxati”da turgan. 

    Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

    — Shartnoma pulini vaqtida to‘lamaganim uchun o‘qishdan chetlashtirmoqchi ham bo‘lishgan. Ba’zi hollarda tushunib, pulni kechikib to‘lashimga ruhsat berishardi. Kursdoshlarim tarjimon yoki pedogog bo‘lishni orzu qilishsa, men faqat suxandon bo‘lish haqida o‘ylardim. To‘rtinchi kursda O‘zbekiston televideniyesiga ish so‘rab borganman. Ingliz tili redaksiyasining bosh muharriri matn yozdirib ko‘rgan, ammo tajribasizligim sabab, yozganlarim unga yoqmagan. Ayb o‘zimda bo‘lsa ham jahl bilan eshigini yopib chiqib ketganman, — deydi Nilufar Sotiboldiyeva.

    “Jamoada nechta futbolchi bo‘lishini ham bilmaganman”

    Ko‘p vaqt o‘tmay Nilufar Sotiboldiyeva “Sport” kanalida boshlovchilar uchun kasting o‘tkazilayotgani haqida eshitib qoladi. U sportga qiziqmasa-da, kastingda ishtirok etadi. 

    Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

    — Xabarlar redaksiyasining bosh muharriri Safarmat Safoyev “Sportga qiziqasizmi?” deb savol bergan. Oshirib-toshirib qiziqishim haqida so‘zlab berganman. Yarim yil amaliyot o‘taganman, ammo o‘z o‘rnimni topolmaganman. “Men ham syomkalarga chiqay”, deb iltimos qilganimda Anvar Ikromov muxbir yigitlardan biriga meni ham o‘zi bilan syomkaga olib ketishini so‘ragan. “Siz Jahon tillarida o‘qiysiz-a? Bizga tarjimon kerak edi”, deb meni Iroq jamoasi bilan uchrashuvga olib ketishgan. Murabbiy meni ko‘rib ajablangan. Chunki u yillarda futbolda qizlarni uchratish amri mahol edi. “Futbolga qiziqasizmi?” deb so‘raganda “Ha rosa yaxshi ko‘raman”, deganman. U meni sinab ko‘rish uchun “Futbolda nechta o‘yinchi bo‘ladi”, deb savol bergan. O‘ylab o‘tirmay 14 ta deb javob berganman. Birdan kulgu ko‘tarilgan va ustimdan kulishgan, — deydi Nilufar Sotiboldiyeva.

    “Bizni sharmanda qildi, deyishgan”

    Mana shu voqeadan keyin “Sport” kanali ijodkorlari Nilufar Sotiboldiyevani xushlamay qolishgan. “U bizni sharmanda qildi”, deb hisoblashgan. Anvar Ikromov  “Sizga bir oy muddat, futbolni o‘rganing”, deya vazifa bergan. U Otabek Eshmamatovdan futbol tarixidan tortib, klub va terma jamoaning farqli jihatlari haqida so‘rab o‘rgandi. 

    Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

    — Hamisha “Men efirga chiqishim kerak”, degan o‘y tinchlik bermasdi. Mikrofon tutib turgan qo‘lim ko‘rinib qolsa ham xursand bo‘lib ketardim. Ilk marta efirga chiqishim u qadar muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Chunki Anvar Ikromov efirga chiqishimdan avval “Nega tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bermadingiz, bu nima kiyim?” deb urishib bergan. O‘shanda yig‘laganimdan ko‘zlarim shishib ketgandi. Ammo syomkadan keyin xatoyimni asta tushuntirgan. Qora kostyum ichidan qop-qora kofta kiygan ekanman. Haqiqatan ham kadrdan bo‘g‘iq ko‘ringanman, — deydi Nilufar Sotiboldiyeva.



    Nilufar Sotiboldiyeva eng badavlat o‘zbek boshlovchisi...

    Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

    Nilufar Sotiboldiyeva bugungi kunda eng qimmat o‘zbek boshlovchilari ichida yetakchilik qiladi. Uni nafaqat mahalliy, balki xorijdagi o‘zbek millionerlari ham to‘ylariga taklif etishadi. U shaxsiy hayoti haqida gapirishni unchalik yoqtirmaydi, faqatgina qizi bilan tushgan rasmlarini Instagram sahifasiga joylaydi. Nilufar Sotiboldiyeva sayohat qilishni va shoppingni yoqtiradi. Xullas, bolaligi qiyinchilikda o‘tgan va yangi kiyim sotib olishga imkoniyati bo‘lmagan qizaloq bugun eng badavlat ijodkorlardan biriga aylangan.



     

    24.05.2023, 12:30   Izoh (0)   59046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Muqaddas Xoliqova oilasida judolik, Tohir Sodiqovning kunlik daromadi qancha? Natali Portman bilan uchrashgan Maryam Tillayeva

    23.05.2023, 23:06

    Kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, durdona filmlarni suratga olgan mashhur rejissorlar (foto)

    23.05.2023, 20:05

    Rayan Gosling, Kristian Beyl va filmlarda rol o‘ynash uchun semirishga majbur bo‘lgan boshqa aktyorlar (foto)

    23.05.2023, 18:45

    Jahon kinosi yulduzlarining omadsiz chiqqan rollari (foto) 

    23.05.2023, 17:40

    Faqat Megan Markl emas: shahzoda va aristokratlarga turmushga chiqqan mashhur yulduzlar (foto)

    23.05.2023, 16:40

    Riz Uizerspun, Enn Xeteuey, Lili Kollinz va Gollivud afsonalariga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan boshqa mashhurlar (foto)

    23.05.2023, 14:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.