Samarqand viloyati Payariq tumanida otaxon qo‘shnilarining molini o‘g‘irlagani uchun 4 yilga ozodlikdan cheklandi.
Xabarga ko‘ra, yoshi 60 dan oshgan otaxon bir necha fuqarolarga boshchilik qilib, qo‘shnilarining chorva mollarini o‘g‘irlagan. O‘g‘irlangan mollarni shaharga olib kelib, so‘yib sotgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudida keksa mol o‘g‘risiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
U qariyb 6 oy qamalib chiqqan bo‘lib, sudda qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirdi. Jabrlanuvchilarning qarzlari yopilgani, uning nafaqa yoshida ekanligi inobatga olinib, otaxonga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)