• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Universitetimizda professorlarga qo‘yilgan talab — kamida doktoranturani tamomlagan bo‘lishi kerak”. Berlinda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba bilan suhbat

    Bugungi kunda mingga yaqin o‘zbekistonlik talabalar, aspirantlar va doktorantlar Germaniyaning turli universitetlari va tadqiqot markazlarida tahsil olishadi. Taʼlim dasturlari bilan birgalikda, o‘z saʼy-harakatlari bilan Germaniyada tahsil olayotgan yoshlar ham yetarlicha.

    “Daryo” Berlin shahridagi IU International University of Applied Sciences universiteti talabasi Abduhalil To‘xtashev bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Bolaligim boshqa bolalar kabi o‘tgan, katta farq qilmaydi. Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida tug‘ilganman. Shu tumandagi maktabgacha taʼlim muassasasiga borganman, boshlang‘ich taʼlimni ham o‘sha yerda olganman. Andijon shahridagi akademik litseyda tahsil olganman. Ikki xil litseyda o‘qiganman, chunki birinchi kirgan akademik litseyim vaqt o‘tishi bilan harbiy akademik litseyga aylanib ketgan. Menda qiziqish boshqa yo‘nalishga bo‘lgani uchun boshqa joyga ko‘chirishga majbur bo‘lganman.

    Maktabda o‘qib yurgan paytimda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘qishni orzu qilib yurganman, lekin topshirib ko‘rmaganman. Chunki qiziqishlarim keskin o‘zgarib ketgan. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarida sifatli taʼlim olish orzusi paydo bo‘lgan”, – deya so‘z boshlaydi Abduhalil To‘xtashev.

    “AQSH va Angliyaga nisbatan Germaniyada yashash xarajatlari nisbatan arzonroq”

    Germaniya maktabdan orzu qilib, tushlarimga kirib yurgan davlat emas. Menda boshqa variantlar ham bor edi. O‘zbekistondagi Vestminster universiteti, Amerikadagi 2 ta universitet, Angliyadagi 2 ta OTM va Germaniyadagi aynan shu oliy taʼlim maskani. 

    Germaniyani tanlashimdan maqsad – elchixonaga kirgan paytimda, viza ofitseri bilan suhbatda Germaniya – bu Yevropaning eng kuchli iqtisodga ega mamlakati ekanligini aytganman. Tabiiyki, eng kuchli iqtisodiyot yaxshi bizneslar asosida shakllanadi. Shu sababli ham men biznes yo‘nalishiga qiziqqanim uchun biznes haqiqatan rivojlangan mamlakatda o‘qishni xohlaganman. Bu birinchi eng asosiy sabab. 

    Ikkinchi sababi – Germaniyaga kelyapman, nemis tilini bilmayman, bir qo‘shimcha tilni mukammal o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘laman. Hozir nemis tilida bemalol suhbatlasha olaman.

    Uchinchi sababi qolgan ikki davlat – AQSH va Angliyaga nisbatan Germaniyada yashash xarajatlari nisbatan arzonroq. Agar men talaba bo‘lib, ishlamasdan, bor eʼtiborimni faqat o‘qishga qaratadigan bo‘lsam, xarajatlarimga unchalik ham ko‘p pul ketmaydi va ota-onamga unchalik og‘irligim tushmaydi deb hisoblaganman. Shu uchta asosiy sabab tufayli Germaniya tanlovida to‘xtalganman.

    Germaniyada IU International University of Applied Sciences universitetida o‘qidim. Bu marketing yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurti sanaladi. Hozirgi paytda men internship (amaliyot) semestrida o‘qiyapman va bir vaqtning o‘zida bakalavr diplom ishimni ham yozyapman. 

    “Asosiy tavsiya – tilni o‘rganish kerak, birinchi nemis, keyin ingliz tili”

    Germaniyada o‘qishga nima sababdan qiziqish kamroq ekanligiga kelsak, hozirgi kunda bu qiziqishni kamroq ham demayman, lekin ko‘pchilikning jurʼati yetmasligi mumkin. Bizning o‘zimizga ham Garvard universitetiga kirish o‘sha paytlar erishib bo‘lmas maqsadlar sifatida ko‘ringan, hattoki biz hujjat topshirib ko‘rishga ham jurʼat etmaganmiz. O‘ylaymanki, ong ostidagi jurʼatsizlik tufayli Germaniyaga o‘qishga topshirib ko‘rishmaydi. Bu yerga keladiganlarga asosiy tavsiya – tilni o‘rganish kerak, birinchi nemis, keyin ingliz tili. Undan keyin qolgan faktorlar rol o‘ynaydi. Asosiysi – tilni bilish.

    “Getir” firmasi turklarniki hisoblanadi, hozirgi kunga kelib Yevropaning 10 ta davlati, AQSH, jumladan, Turkiyaning o‘zida ommalashgan biznesga aylandi. Turkiyada allaqachon startaplik darajasidan o‘tgan bu biznes, lekin Yevropada hamon startap bosqichida. Ushbu firmaning marketing xizmatida amaliyot o‘tayman. Men asosan ularning onlayn platformalaridagi kreativ grafikalarga masʼul shaxsman.

    Instagram’da blog yuritaman, lekin hozirgi kunga kelib, formatni biroz o‘zgartirdim. Nafaqat Germaniya hayoti, balki turli millatlar va ularning madaniyati, xorijda taʼlim olish kabilarga to‘xtalaman, masshtabni kengaytirdim. Ehtiyoj mavjud, buni o‘zimda his etib ko‘rdim. Talab borligini ko‘rib, bu ishni boshlash kerak deb hisobladim. YouTube’da kanal ochib, u yerga kontent yuklashni boshlaganman. Bilasiz, YouTube kontenti bu bir-ikki soat emas, balki 1-2 kunlab vaqtni oladigan ish. Shu tufayli buni qisqaroq qilib, Instagram’ga ko‘chirishga qaror qildim. 

    Ko‘chirganimdan keyin qisqa fursat ichida videolar tarqala boshladi, obunachilar keskin ko‘payib ketdi. Maqsad – bizdan kichkina yoshlarga xorijda o‘qish imkonsiz narsa emasligini, bunga hammaning salohiyati yetishi mumkinligini, faqat harakat qilib ko‘rish lozimligini tushuntirish.

    Men o‘qiydigan universitet – xususiy. Avvalroq aytib o‘tganimdek, Germaniyada o‘qish oliy maqsadim bo‘lmagani uchun nemis tilini o‘rganmaganman. Agar nemis tilini o‘rganganimda, davlat universitetlarida o‘qishim mumkin edi. Xususiy universitetning bir salbiy tarafi – ularning kontrakti qimmatroqligi. Lekin ijobiy jihati shundaki, bir sinfda 15-18 nafar talaba bo‘lgani uchun siz professor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri, individual muloqot qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Davlat universitetlarida 200-300 talaba tahsil olgani uchun bu sal cheklangan bo‘ladi.

    Bundan tashqari, xususiy universitetlarda juda ko‘p tillarni o‘qitish taklif etiladi. Masalan, birinchi semestrda men nemis tiliga qo‘shib, fransuz tilida ham o‘qiganman. Yana bir ijobiy tarafi, xususiy taʼlim maskanlarida 6 ta semestrda siz bakalavr darajasini olishingiz va 2 ta semestrning o‘zida magistr darajasini olishingiz mumkin.

    “Ingliz tili – dunyo tili, degan tushunchaga bog‘lanib qolmang”

    Taʼlim tizimiga kelsak, bizning universitetda professorlarga qo‘yilgan talab – har bir professor kamida doktoranturani tamomlagan bo‘lishi. Magistraturani tugatganlar ham dars berish imkoniyatiga ega emas. Biznes maktabga ixtisoslashganimiz tufayli bir vaqtning o‘zida ularda biznesdan haqiqiy tajriba bo‘lishi kerak.

    Qaysi davlatga bormang, mahalliy tilni biling. Ingliz tili – dunyo tili, degan tushunchaga bog‘lanib qolmanglar. Endilikda ingliz tili ustunlik bermaydi. Chunki dunyoda juda ko‘p insonlar bu tilda bemalol suhbat quradi. Siz ustunlikka ega bo‘lish uchun mahalliy tilda kuchli bo‘lishingiz lozim. 

    Ikkinchidan, sizda qandaydir hunar bo‘lsa, qo‘l keladi. Hunarli kishi xor bo‘lmas. Bu butun dunyoda ishlaydigan fakt. Chunki qo‘lingizda hunar bo‘lsa, ishga kirishingiz, yo‘lingizni topib ketishingiz osonlashadi. Agar sizda biror xobbi bo‘lsa, aytaylik, siz grafik dizayner bo‘lishingiz mumkin yoki bo‘lmasa, golf yoki futbol o‘ynashingiz mumkin. Siz bu orqali ko‘pchilik bilan do‘stlashib ketasiz. Shundan keyin bu madaniyatga moslashishingiz, kirishib ketishingiz oson kechadi.

    Insonlarda savol tug‘ilishi mumkin: “Xo‘p, Germaniyada o‘qish tanlovingiz o‘zini oqladimi?” degan. Bunga xulosa o‘rnida javob berib o‘tmoqchiman. Germaniyada o‘qiganimdan juda xursandman. Bu to‘g‘ri tanlov bo‘lgan. Chunki bu yerda sifatli taʼlim oldim. Ikkinchidan, o‘z yo‘nalishimga tegishli bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni olyapman.

    Uchinchidan, sayohat qilish uchun ham juda ko‘p imkoniyatlar yuzaga keldi. Bilamizki, Shengen vizasi orqali juda ko‘p Yevropa davlatlariga sayohat qilsa bo‘ladi. 12 ta davlatga sayohat qildim. O‘ylaymanki, ham inson sifatida, ham mutaxassis sifatida shakllanish uchun buni yaratilgan imkoniyat sifatida qabul qilsa bo‘ladi. Agar kimdir Germaniyaga kelmoqchi bo‘lsa yoki xorijda o‘z faoliyatini yuritmoqchi bo‘lsa, u insonlarga harakat qilib ko‘rishni maslahat beraman. Agar harakat qilib ko‘rmasangiz, bu yuz foiz o‘xshamadi. Agar urinib ko‘rsangiz, o‘xshab qolish ehtimoli bo‘ladi. Shunchaki qo‘rqib, jurʼatsizlik qilib o‘tirgandan ko‘ra bir harakat qilib ko‘rish qimmat turmaydi.

    22.05.2023, 22:11   Izoh (0)   6248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston bo‘ylab eng tajribali direktorlardan iborat kengashlar tashkil etiladi

    22.05.2023, 21:35

    O‘zbekiston o‘tgan 4 oyda 3 mlrd dollardan ortiq oltin eksport qildi

    22.05.2023, 20:55

    Buxoroga yangi 100 ta avtobus va mikroavtobus olib kelinadi 

    22.05.2023, 20:45

    O‘zbekiston Qozog‘iston bilan tibbiyot sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytiradi

    22.05.2023, 20:25

    O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fani joriy etiladi

    22.05.2023, 19:55

    “Imtihondan o‘tolmay, bahosiz qolgan talabalarga yordam bermoqchimiz”. Jurnalistika fakulteti mas’uli talabalarga yangi Konstitutsiyani yodlash topshirig‘i berilga...

    22.05.2023, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.