• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirishga bag‘ishlangan xalqaro forum ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni kambag‘allikni qisqartirishga bag‘ishlangan II xalqaro forum ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan murojaat matni to‘liq holda keltiriladi.

    “Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar!

    O‘zbekiston zaminida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etayotgan siz, aziz mehmonlarni samimiy qutlab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni izhor qilaman.

    Hozirgi tahlikali dunyoda kambag‘allikni qisqartirish masalasi oldimizdagi eng muhim vazifalardan biri ekanini barchamiz yaxshi anglab turibmiz. Bu muammoga ilg‘or tajriba va yangi yondashuvlar asosida birgalikda yechim topish hamda ularni hayotga izchil tatbiq etish bugun har qachongidan ham dolzarbdir.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh assambleyasida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan mazkur anjuman kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi g‘oyalar va amaliy choralar ishlab chiqish bo‘yicha foydali xalqaro muloqot maydoniga aylandi, deb aytishga barcha asoslar bor.

    Ushbu platforma mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida boshlagan ulkan islohotlarimizni yanada boyitib, katta ijobiy o‘zgarishlarga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida o‘tgan bir yilda mamlakatimizda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga pasayib, 1 million fuqaro kambag‘allikdan chiqarilganini alohida ta’kidlash lozim.

    Bunday natijalarga erishishimizda aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularga munosib ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli va uzoqni ko‘zlagan siyosatimiz hal qiluvchi omil bo‘lmoqda.

    Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish orqali mamlakatimizdagi 2 million 300 mingdan ziyod muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy himoya bilan to‘liq qamrab olindi.

    Tariximizda birinchi marta umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston ijtimoiy davlat, deb e’lon qilinib, inson qadrini yanada ulug‘lash va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlatning konstitutsion majburiyatlari alohida muhrlab qo‘yildi.

    Shu bois, kambag‘allikni qisqartirish borasida boshlagan keng ko‘lamli ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqib, bundan buyon ham barcha yo‘nalishlarda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida islohotlarni qat’iy davom ettiramiz.

    Eng avvalo, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishning “drayveri” bo‘lgan xususiy sektor va tadbirkorlik uchun eng qulay sharoitlarni yaratib berish, ularni izchil qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Xususan, ishsiz fuqarolarni o‘qitish va ishga joylash tashabbusini bildirgan faol tadbirkorlarga “ijtimoiy kontrakt” tizimi asosida qo‘shimcha imtiyozlar paketi taqdim etiladi.

    Ikkinchidan, “ijtimoiy reyestr” tizimi doirasida kambag‘al oilalarni individual yondashuv asosida manzilli qo‘llab-quvvatlash dasturlarini jadal davom ettiramiz.

    Uchinchidan, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq amalga oshirish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar, nuroniylar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamlariga mahallaning o‘zida yuzdan ortiq ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

    To‘rtinchidan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida aholi o‘zi tanlagan loyihalarga “ochiq budjet” tizimi orqali ajratilayotgan mablag‘lar hajmi keskin ko‘paytiriladi.

    Beshinchidan, inson kapitalini rivojlantirish uchun har bir shaxsning sifatli ta’lim va tibbiyot xizmatlaridan foydalanish huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarimizni tobora kengaytiramiz.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Bugungi forumga nufuzli xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlardan 100 dan ortiq taniqli ekspertlar tashrif buyurgani ushbu masalaga qiziqish va e’tibor nechog‘liq katta ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

    Albatta, O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan yuksak marralarni amalga oshirishda jahon hamjamiyati bilan olib borayotgan yaqin hamkorligini davom ettirishdan manfaatdordir.

    Forum doirasida ishlab chiqilgan yangi yondashuvlar va ta’sirchan yechimlar kelgusida amaliy hayotga samarali tatbiq etiladi, deb ishonaman.

    Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda omadlar, anjuman ishiga esa katta muvaffaqiyatlar tilayman”.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    18.05.2023, 23:27   Izoh (0)   4886
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘xshash nom, manzil va elektron pochtalar: Andijonda o‘tkazilgan 700 mln so‘mlik tender natijalarida shubhali holat mavjud

    18.05.2023, 23:17

    Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

    18.05.2023, 22:35

    Alisher Sultonov prezident maslahatchisi etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi

    18.05.2023, 22:08

    Qo‘rg‘ontepa hokimi o‘rinbosari ushbu lavozimga noqonuniy tayinlangan bo‘lishi mumkin. “Daryo” surishtiruvi

    18.05.2023, 21:05

    Markaziy Osiyo—Xitoy birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlari kutib olindi

    18.05.2023, 20:54

    Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin qo‘shma bayonotni imzoladi

    18.05.2023, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35

    O‘zbekiston yerlarining yarmidan ko‘p qismi qishloq xo‘jaligiga tegishli — Kadastr agentligi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 20:30

    TASS agentligi rahbar o‘rinbosari Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:09

    AQSHda IT mutaxassisi qamoqxonadan bevosita venchur startapida ish boshladi

    Dunyo | 25 iyul, 19:46

    O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 19:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.