Sian shahridagi Tan sulolasi bog‘ida Markaziy Osiyo—Xitoy birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib oldi.
Marosimda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham ishtirok etdi.
Birgalikda suratga tushildi. Oliy martabali mehmonlarga saroy oldidagi maydonda Xitoyning boy tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan yorqin sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi. Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 19-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)