• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘rg‘ontepa hokimi o‘rinbosari ushbu lavozimga noqonuniy tayinlangan bo‘lishi mumkin. “Daryo” surishtiruvi

    Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahromjon Tursunov ushbu lavozimga noqonuniy tayinlangan bo‘lishi mumkin. Tuman hokimi suddan unga yengillik berishini so‘rab iltimosnoma kiritgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri surishtiruv olib bordi.

    Bahromjon Tursunov
    Foto: Telegram

    Sanani eslab qoling!

    Bahromjon Tursunov 1983-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. U shirkat xo‘jaligi ishchiligidan dehqon bozori direktori, tuman hokimining o‘rinbosarligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2004-yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan, mutaxassisligi — ipakchilik. Hokim o‘rinbosarligiga tayinlanguniga qadar u Trade Imperia Evolution masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari bo‘lgan.

    B.Tursunov 2023-yil 5-apreldan buyon (ushbu sanani eslab qoling) Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

    Tuman hokimligining Telegram kanalida 4-aprel kuni Bahromjon Tursunovning hokim o'rinbosari sifatida ish boshlagani e'lon qilingan
    Foto: Telegram

    Sud hukmi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudida 2022-yilning 17-may kuni Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Bahromjon Tursunov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Mahkama ishida Bahromjon Tursunov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismining “a” (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda) bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismining “a” (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bandi bilan ayblangan.

    Sud ish hujjatlarini ko‘rib chiqib, Bahromjon Tursunov Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi (mansab soxtakorligi, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab, rasmiy hujjatlarga bila turib soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa) bilan aybli deb topgan. Unga nisbatan 1 yil mahalliy hokimiyat organlarida mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    U sud tomonidan tayinlangan jazoni sud hukmi nusxasi IIB Probatsiya guruhiga kelib tushgan sanadan, yaʼni 2022-yilning 2-iyul kunidan boshlab o‘tay boshlagan.

    Tayinlov nega noqonuniy?

    Gap shundaki, tuman hokimining Baxromjon Tursunovni Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarori 5-aprel kuni chiqqan. Yaʼni ushbu sanada muayyan huquqdan mahrum qilish to‘g‘risidagi sud hukmi o‘z kuchida edi, aniqrog‘i, Tursunovga berilgan jazo muddat tugashiga 3 oydan ko‘p vaqt bo‘lishiga qaramay, mansabdorlik vazifasiga tayinlangan.

    Bahromjon Tursunovni hokim o'rinbosarligiga tayinlash yuzasidan chiqarilgan tuman hokimining qarori nusxasi
    Foto: Skrinshot

    Ushbu qaror Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi sessiyasi tasdig‘iga kiritilishi lozim edi. Biroq kengash kotibiyat mudiri Shukrullo Qo‘ldoshevning “Daryo”ga aytishicha, qaror kengash kun tartibiga kiritilmagan.

    “Bizga bu qaror tushgan emas, biz tasdiqlamaganmiz. O‘rni bo‘shligi, tajribasi borligi uchun viloyat hokimi olib kelib qo‘ydi, “Shu ishlab tursin”, dedi. Biz 5-apreldan keyin ikki marta sessiya o‘tkazdik, lekin qaror bizga tushirilgani yo‘q. Qoida bo‘yicha qaror chiqqanidan keyin 10 kun ichida kengashga kiritilishi kerak”, — dedi kotibiyat mudiri.

    Hokim o‘z xatosini to‘g‘rilamoqchi bo‘ldi

    “Daryo” nashri surishtiruv boshlagandan keyin Qo‘rg‘ontepa tuman hokimi o‘z xatosini to‘g‘rilashga kirishgan. Tuman hokimi Elyorbek Nabijanovning shaxsan o‘zi sudga Bahromjon Tursunovga nisbatan tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma kiritgan.

    Iltimosnomada hokim Bahromjon Tursunov jazoni o‘tash davrida o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olgani, intizomiy jazoga tortilmagani, uni moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalarga tayinlash uchun yuqoridagi jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilinishi kerakligini qatʼiy taʼkidlagan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudi 27-aprel kuni hokimning iltimosnomasini qanoatlantirgan. Unga ko‘ra, mahkum Bahromjon Tursunov sud tomonidan tayinlangan muayyan huquqdan, yaʼni mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosining qolgan 2 (ikki) oy 18 kun qismini o‘tashdan Jinoyat kodeksining 73-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan.

    Ko‘rinadiki, hokimlik 3 oydan ortiq (jazo 2022-yilning 2-iyul kunidan boshlab o‘tay boshlangan) o‘talmay qolgan jazo muddati bo‘la turib, sud hukmiga zid ravishda Bahromjon Tursunovni lavozimga tayinlagan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.

    18.05.2023, 21:05   Izoh (0)   15191
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Musulmonbek Ibrohimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyo—Xitoy birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlari kutib olindi

    18.05.2023, 20:54

    Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin qo‘shma bayonotni imzoladi

    18.05.2023, 20:40

    Andijonda sevgan qizidan rad javobini olgan hindistonlik yigit o‘zini yoqib yubordi

    18.05.2023, 20:31

    Uzbekistan Airways 576 ming dollarga naq 3 mln 600 ta quloqchin sotib oldi

    18.05.2023, 20:03

    “Yillar o‘tgach mamlakatimizdagi taʼlim tizimi rivojlangan davlatlarning taʼlim darajasiga yetib oladi” — Pekindagi universitetda o‘zbek tilidan dars beradigan o‘z...

    18.05.2023, 19:48

    O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    18.05.2023, 19:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05

    Bentley avtoturargohi va shaxsiy lifti bor 37,5 mln dollarlik pentxaus taqdim etdi

    Layfstayl | 19 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.