Mashhur amerikalik aktrisa, model Lili Kollinz o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi, deb yozmoqda “Korrespondent.net” nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, bu aktrisa Los-Anjelesda dam olayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 34 yoshli aktrisa mehmonxona xizmatlaridan foydalanishdan oldin, narsalarini bagaj xonasiga topshirgan. Biroq u kurortdan qaytgach, qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlanganini ko‘rib, hayron qolgan. Holat bo‘yicha tekshiruv olib borgan huquq-tartibot idoralari xodimlari xakerlik belgilari yo‘qligini aytgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlangan buyumlar orasida aktrisaning uzugi ham bo‘lib, uning narxi 81 ming dollarga baholangan.

“Emili Parijda” yulduzi 2020-yilning sentabr oyida rejissor Charli Makdauell bilan unashtirildi va oradan bir yil o‘tib turmush qurdi. O‘g‘irlik ishi bilan Los-Anjeles okrugidagi sherif departamenti shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)