• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Rami Malik: Misrlik immigrantlarning farzandi qanday qilib Gollivudni zabt etdi?

    12-may kuni Freddi Merkyuri obrazini gavdalantirgan va bu roli uchun “Oskar” mukofotini olgan aktyor Rami Malek 42 yoshni qarshi oldi. Kino olamidagi eng mashhur mukofotlardan biriga qo‘shimcha ravishda, bu rol Ramiga shaxsiy hayotida ham baxt keltirdi. Quyida aktyorning hayoti haqidagi qiziqarli ma’lumotlar va uning ishtirokidagi eng mashhur kinokartinalar haqida so‘z boradi.

    Foto: “Noviy ochag” 

    Ko‘p millatli oila

    Rami Malek ko‘p millatli oilada dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Said Malek va Nelli Abdel-Malek 1978-yilda Misrdan AQSHga ko‘chib o‘tgan. O‘sha paytda juftlikning Yasmin ismli qizi bor edi va oradan to‘rt yil o‘tib ularning oilasida egizak farzandlar Rami va Sami dunyoga keldi. Malek oilasining a’zolari — koptlar (Misr nasroniylari).

    Rami Malekning opasi tez yordam shifokori. Sami Malek Los-Anjelesdagi o‘rta maktab o‘qituvchisi. Rami Malek oila a’zolari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qiladi. “Oskar” mukofotini olgan aktyor onasini yaxshi ko‘rishi haqida gapirib bergan. Aktyorning onasi o‘g‘lining aktyorlik karyerasining boshida, u bilan birga kastingga borgan barcha ishtirokchilarga shirinliklar olib kelgan.

    Foto: “Noviy ochag” 

    Aktyor salomatligi bilan bog‘liq kichkina muammoga duch kelsa ham darhol opasiga qo‘ng‘iroq qiladi. Rami ukasi bilan do‘st, ular tez-tez uchrashib, birga vaqt o‘tkazishadi.

    Rami va Sami maktabga borishdan oldin faqat arab tilida gaplashishgan va birinchi sinfda ingliz tilini o‘rganishni boshlagan. Hozirgi kunda Rami Malek ingliz tilida ravon gapiradi, biroq u baribir arab tilida yaxshiroq so‘zlashadi.

    Kasb tanlash masalasi

    Rami Malekning ota-onasi o‘z farzandlarining ta’lim olishiga katta e’tibor berdi. Ular katta o‘g‘lini advokat yoki shifokor sifatida ko‘rmoqchi bo‘ldi. Rami bolaligida aktyor bo‘lishni orzu qilgan.

    Rami yaqinlarining noroziligiga qaramay, Evansvil universitetiga qarashli kollejga o‘qishga kirdi, u yerda tasviriy san’atni o‘rgandi. Aktyor bo‘lish, talabalar teatri spektakllarida qatnashish orzusi uni tark etmadi. O‘g‘llari sahnada rol ijro etganini ko‘rgan ota-ona o‘z tanlovidan voz kechdi. Rami Malek 2003-yilda tasviriy san’at sohasi bo‘yicha bakalavr darajasini oldi.

    Rami Malek ishtirokidagi eng yaxshi filmlar

    Ko‘pgina aktyorlar singari Rami Malek ham kichik seriallarda epizodik, filmlarda kichik rollarni ijro etdi. Birinchi e’tiborga molik roli “Muzeydagi tun-2” komediyasida fir’avn obrazi edi.

    Shundan keyin aktyorga omad kulib boqdi. 2010-yilda Rami Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan “Tinch okeani” dramatik harbiy mini-serialida asosiy rollardan birini o‘ynadi. Kadr ortidagi ovozni o‘qigan Tom Xenks yosh aktyorning ijodidan shunchalik hayratda qolganki, u Malekni o‘zining prodyuserlik proyekti “Larri Kraun”ga taklif qilgan, ushbu loyihada bosh rolni Juliya Roberts ijro etgan.

    Foto: “Noviy ochag” 

    Rejissor Sem Esmeyl “Janob robot” nomli mualliflik seriali uchun bosh rol ijrochisini qidirayotganida uning rafiqasi, aktrisa Emmi Rossum turmush o‘rtog‘ining e’tiborini “Tinch okeani” filmida suratga tushgan aktyor Ramiga qaratdi.

    Shundan keyin Rami Malek dunyoni o‘zgartirishga qaror qilgan sotsiopatik xaker Elliot Alderson rolini ijro etdi. To‘rt mavsum davomida aktyor o‘z iste’dodining deyarli barcha qirralari va ko‘lamini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Elliot roli uchun Rami bir nechta “Emmi” mukofotlariga sazovor bo‘lgan, shuningdek, “Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotiga uch marta nomzod bo‘lgan.

    Serial bilan parallel ravishda Rami Malek filmlarda ham suratga tushgan. Dastlab aktyor o‘sha davrning eng ko‘zga ko‘ringan loyihalaridan biri bu “Kapalak” dramasining remeykida, keyinchalik “Bogemacha raspodiya” loyihasida suratga tushdi. 

    “Lo‘lilar qo‘shig‘i” (“Bogemskaya rapsodiya”)

    Aktyor “Lo‘lilar qo‘shig‘i” (“Bogemskaya rapsodiya”) loyihasida suratga tushish taklifini qabul qildi va mas’uliyat yukidan qo‘rqmadi. Odatda, biografik film ustida ishlashda bo‘lgani kabi, aktyor bir muncha vaqt haqiqiy hayotda qahramoniga aylanishi kerak edi. Rami Freddi Merkyuri bilan topilgan har bir video va intervyularni tomosha qildi. U pianino saboqlarini oldi va musiqachining harakatiga taqlid qilish uchun xoreograf bilan ishladi va hatto Freddi Merkyurining o‘ziga xos tishlarini taqlid qiladigan protez bilan uxlab qoldi.

    Mehnatlar o‘z samarasini berdi. Rami 2019-yilgi mukofotlar mavsumida “Lo‘lilar qo‘shig‘i” filmidagi roli uchun mukofotlandi. Loyiha esa kino tarixidagi eng yuqori daromad keltiruvchi musiqiy film bo‘lib, uni ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘dan 20 barobar ko‘p daromad keltirdi.

    Rol tanlash

    Rami Malek rollarni ehtiyotkorlik bilan tanlaydi. U komedik rollarni ijro etishni yoqtirmaydi, dramani afzal ko‘radi, remeyklardan qochadi, biroq bundan istisno ravishda aktyor o‘zini “Kapalak” loyihasida sinab ko‘rdi.

    Foto: “Noviy ochag” 

    U kinodagi faoliyatining boshida “24” serialida terrorchi rolini o‘ynadi va shundan keyin “arab = terrorist” shtampidan foydalanadigan har qanday rollardan voz kechdi.

    Aktyor aynan shu narsani “Bond” filmi prodyuserlariga aytdi, ular Ramiga “O‘lim vaqti emas” filmida Jeyms Bondning antagonistini o‘ynash taklifi bilan murojaat qildi. Rami Malek bu rolni o‘ynadi, chunki unga yovuz odam obrazini butunlay boshqacha talqin qilish taklif qilindi: aktyor Lyutsifer Safin ismli oddiy rus manyakining obrazini gavdalantirdi.

    Rami Malekning shaxsiy hayoti

    Rami Malek shaxsiy hayoti haqida gapirmaydi. Akyorning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zi bilan bir kollejda o‘qigan Kirsten Danstni sevib qolgani ma’lum.

    “Janob robot” filmining suratga olish jarayonida Rami serialdagi partnyori, aktrisa Porsha Dabldey bilan uchrashdi. Juftlik 2017-yilda, “Lo‘lilar qo‘shig‘i” filmining ustida ish boshlanganida ajralishdi va Rami Malek Freddi Merkyurining sevgilisi va keyinchalik eng yaqin do‘stiga aylangan Meri Ostin rolini o‘ynagan Lyusi Boynton bilan uchrasha boshladi.

    Foto: “Noviy ochag” 

    Ular tadbirlarda birga ko‘rinish berdi, biroq munosabatlari haqida izoh berishmadi. Palm-Springs kinofestivalida Freddi Merkyuri rolini ajoyib ijro etgan akyor mukofot olganidan so‘ng, Lyusi Boyntonga bo‘lgan sevgisini tan oldi. Shundan keyin hech narsa o‘zgarmadi: Rami Malek va o‘zidan 13 yosh kichik sevgilisi turli tadbirlarda ham, sayr qilishda ham birga ko‘rishadi.

     Uslub ramzi

    Rami Malekni stilistlar va moda jurnalistlari yaxshi ko‘radi. Moda yo‘nalishidagi matbuot aktyorni “Janob mukammal” deb ataydi. U 2020-yilda Saint Laurent brendi bahor-yoz kolleksiyasining yuziga aylandi. Bundan tashqari, u nima kiyishidan qat’iy nazar, har doim o‘ta zamonaviy ko‘rinadi.

    Foto: “Noviy ochag” 
    15.05.2023, 15:40   Izoh (0)   5762
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tashqi ko‘rinishi tufayli rollarga qabul qilinmagan yoki rad etilishiga oz qolgan mashhur aktyorlar (foto)

    15.05.2023, 14:30

    Gollivud aktyori Jonni Depp Dior bilan 20 million dollarlik shartnoma imzoladi

    15.05.2023, 10:30

    “Yoshlarga yo‘l ochish savob ish”. Ozoda Nursaidova bilan yangi konsert oldidan intervyu (video)

    14.05.2023, 22:13

    Tico’ning puliga qo‘shiq yozib mashhur bo‘lgan, 12 yil o‘qituvchilik qilgan, farzand dog‘ini ko‘rgan Mahmud Namozov 63 yoshda (foto, video) 

    13.05.2023, 13:30

    Gollivud aktyori Pol Uokerning qizi “Forsaj-10” filmida suratga tushadi

    13.05.2023, 09:30

    Tom Xenks “Forrest Gamp”ning muvaffaqiyatiga ishonmagani haqida so‘zlab berdi

    12.05.2023, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.