Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 31,97 so‘mga tushib, 11 433,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 54,37 so‘mga pastlab, 12 474,58 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,46 so‘mga tushib, 148,27 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 11 465 so‘mni tashkil qilgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
Izoh (0)