Shavkat Mirziyoyev qo‘shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, 12-may kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston—Tojikiston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi, amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tovar ayirboshlashni oshirish, energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport, qazib chiqarish, to‘qimachilik, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu ma’noda, 12-may kuni Toshkentda ikki mamlakat bosh vazirlari raisligida o‘tkazilgan qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi qarorlarini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Izoh (0)