Qozog‘istonning Chimkent shahrida yetti yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda OTYRAR xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiston viloyati IIB ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 2016-yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini aniqladi.
Gumonlanuvchi Sariag‘ash tumani IIB vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)