Jizzax viloyati Baxmal tumanida bedarak yo‘qolgan bola kanaldan o‘lik holda topilgandi. Bosh prokuratura uning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Baxmal tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro J.X. 5 yoshli farzandi A.A. 2023-yil 3-may kuni o‘ynab uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgani haqida murojaat qilgan.
5-may kuni bolaning murdasi Tuyatortar kanalidan topilgan. Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Baxmal tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.
Izoh (0)