Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,93 so‘mga oshib, 11 465 so‘mni tashkil qildi. Yevro 20,18 so‘mga pastlab, 12 528,95 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,64 so‘mga ko‘tarilib, 151,73 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 11 453,07 so‘mni tashkil qilgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
Izoh (0)