• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi

    O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkazildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Qayd etilishicha, 2023-yilda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish uchun 62 ta davlat tashkilotining ro‘yxati shakllantirilgan va ularga “E-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlari davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan tashkillashtirilib, baholash natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilgan.

    10-aprel holatiga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan elektron platformaga yuborilgan maʼlumotlar asosida 39 ta vazirlik va idora uchun (har bir funksiya bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oluvchi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari to‘liq shakllantirilgan.

    Mazkur vazirlik va idoralarning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiya korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi 177 ta funksiyada “yuqori”, 475 ta funksiyada “o‘rta”, 1049 ta funksiyada “past” baholangan.

    “Baholash natijalari tahlil qilinganda ayrim davlat tashkilotlari tomonidan barcha funksiyalar to‘liq baholashdan o‘tkazilmagani, funksiyalarni baholashda tashkilotning aksariyat funksiyalari asossiz past baholangani, shuningdek, tashkilot rahbariyati tomonidan mazkur amaliyotga yetarlicha eʼtibor qaratilmagani maʼlum bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

    Xususan, Adliya vazirligida 208 ta funksiyalardan 24 ta (11,5 foiz), Qishloq xo‘jalik vazirligida 107 ta funksiyalardan 51 ta (47,6 foiz), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida 60 ta funksiyalardan 12 ta (20 foiz), Kadastr agentligida 116 ta funksiyalardan 12 ta (10,3 foiz) hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida 88 ta funksiyalardan 10 tasi (11,3 foiz)gina baholashdan o‘tkazilgan.

    Transport vazirligida platformaga kiritilgan 72 ta funksiyadan 66 ta, Statistika agentligida 55 ta funksiyalardan 51 ta, Texnik jihatdan tartibga solish agentligida 118 ta funksiyalardan 115 ta va “O‘zbekiston temir yo‘llariʼ” AJda 42 ta funksiyalardan 40 tasi past baholangan.

    Shuningdek, mahalliy hokimliklarda amalga oshiriladigan funksiyalarning yagona ro‘yxati shakllantirilmasdan elektron platformaga maʼlumotlarni kiritishda hokimliklar tomonidan turlicha yondashilgan. Jumladan, Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 155 ta, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan 198 ta, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 35 ta va Toshkent shahar hokimligi tomonidan esa 13 ta funksiya baholashdan o‘tkazilgan.

    Taʼkidlanishicha, 23 ta vazirlik va idoralar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilmagan va shu sababli ular uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari shakllantirilmagan.

    Keng jamoatchilik “E-anticor.uz”  platformasi orqali davlat organlarining baholashdan o‘tkazilgan funksiyalari va ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega. Bu boradagi taklif va mulohazalar asosida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

    Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash choralarini ko‘rmagan davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish bo‘yicha axborotlari Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida eshitiladi va muhokama qilinadi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashiga yuborilgan.

    Yanvar oxirlarida Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksi 2022-yil natijalari e’lon qilingandi. 180 ta davlat orasida O‘zbekiston 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini 3 taga oshirib, o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilashga (2021-yilda 140 o‘rin) muvaffaq bo‘lgan.

    12.05.2023, 13:01   Izoh (0)   8196
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistonda 52 ta qonunchilik hujjatida korrupsiyaviy omil aniqlandi” — Adliya vazirligi

    21.04.2023, 09:50

    O‘zbekistonliklar Antikorrupsiya agentligiga ko‘proq qaysi sohalardan norozi bo‘lib murojaat qilayotgani ma’lum bo‘ldi

    05.05.2023, 17:24

    O‘zbekistonda yil boshidan beri mobil telefonlar narxi qanchaga qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi

    12.05.2023, 12:40

    “O‘zgidromet” 13-mayda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    12.05.2023, 12:20

    O‘zbekistonda dam olish kunidan boshlab havo harorati pasayadi

    12.05.2023, 12:02

    Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod maʼqullandi

    12.05.2023, 11:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.