O‘zbekistonda 2023-yilning aprel oyida mobil telefon narxlari mart oyiga nisbatan, yaʼni bir oyda o‘rtacha 0,3 foizga qimmatlashgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mobil telefon narxlari 2023-yil boshidan buyon o‘rtacha 1 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
2023-yilning aprel oyida o‘tgan oyga nisbatan:
- Axborot-kommunikatsiya uskunalari narxlari — o‘rtacha 0,2 foizga;
- Kompyuter va planshet narxlari — o‘rtacha 0,1 foizga;
- Noutbuk narxlari — o‘rtacha 0,3 foizga oshgan.
O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida xorijdan qiymati 181,6 million dollarga teng bo‘lgan 2,7 million dona mobil telefon import qilingandi. Ularning aksariyati (2,1 million donasi) Xitoydan olib kelingan. 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 32 million nafarni tashkil etgan.
Izoh (0)