Daryo

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi indeksida yuqoriladi

Mamlakat reytingda 6 yil ichida 140-o‘rindan 126-o‘ringa ko‘tarilgan

1 daqiqa o‘qish9 400 ko‘rishlar0 izoh0

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksi 2022-yil natijalari e’lon qilindi.

Foto: “Daryo”

180 ta davlat orasida O‘zbekiston 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini 3 taga oshirib, o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilashga (2021-yilda 140 o‘rin) muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston mazkur indeksda so‘nggi 6 yil davomida o‘sish suratlarini qayd etayotgan davlat sifatida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining aksilkorrupsiya islohotlarini tizimli ravishda amalga oshirayotgan davlatlar qatorida qayd etildi.

O‘zbekiston 2017-yilda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro reytingda 157-o‘rinni egallagandi. Mamlakat 2020-yilda korrupsiya darajasi bo‘yicha Transparency International reytingida o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilagan. Reytingda O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 146-o‘rinni egallagan.

Transparency International xalqaro tashkiloti 2021-yil uchun “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”ning yangilangan reytingini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-yilga nisbatan 6 pog‘onaga ko‘tarilib, 180 mamlakat orasida 140-o‘rinni egallagan.

Mavzuga doir:

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar