Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim finalidan o‘rin olgan janglar 12-may, juma kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullajonov rossiyalik Muslim Gajimagomedovga qarshi jang qildi. Uch raund natijalariga ko‘ra, Lazizbek rossiyalik raqibiga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Mullajonov bundan oldingi bosqichlarda ispaniyalik Oyer Ibarreche, Puerto-Riko vakili Manuel Febus, mavrikiylik Richanro Kolin va fransiyalik Lounes Xamraouini mag‘lubiyatga uchratgandi.
Yarim final bahslarida Bahodir Jalolov (+92 kg), Oybek Jo‘rayev (-54 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) o‘z janglarida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. A’loxon Abdullayev (-75) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, bugun Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg), Abdumalik Halokov (-57 kg), Ruslan Abdullayev (-63,5 kg) va Saidjamshid Ja’farovlar (-71 kg) final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Izoh (0)