Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. Bahodir Jalolov avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi

Jalolovning raqibini jarohat sabab ringga ko‘tarilmaydigan bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish27 440 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim finalidan o‘rin olgan janglar 12-may, juma kuni bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: MOQ

+92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov ispaniyalik Ayub Gadfa Drissiga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq Drissi jarohat sabab kurashdan chiqdi va Jalolov avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi.

Bahodir avvalgi bosqichlarda bahraynlik Danis Latipov, avstraliyalik Teremoana Teremoana va qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevni taslim etgandi. 

Bugun ringga ko‘tariladigan bokschilarning raqiblari va janglarning boshlanish vaqti bilan tanishing:

  • -54 kg: Oybek Jo‘rayev – Dmitriy Dvali (Rossiya), (14:45 dan so‘ng);
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Misheyelt Battumur (Mo‘g‘uliston), (15:45 dan so‘ng);
  • -75 kg: A’loxon Abdullayev – Vanderley Pereyra (Braziliya), (16:00 dan so‘ng);
  • -92 kg Lazizbek Mullajonov – Muslim Gajimagomedov (Rossiya), (17:00 dan so‘ng);
  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov – Martin Molina (Ispaniya), (18:15 dan so‘ng);
  • -57 kg: Abdumalik Halokov – Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iziston), (18:45 dan so‘ng);
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Xovanets Bachkov (Armaniston) (19:00 dan so‘ng);
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Vanderson De Oliveyra (Braziliya), (19:45 dan so‘ng);

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar