• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Tamperedan Toshkentgacha. Boks bo‘yicha 15 ta Jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining natijalari haqida (video)

    1974-yildan boshlab har ikki yilda bir o‘tkazilib kelinayotgan havaskor boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 1993-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Shu vaqtga qadar O‘zbekiston boks bo‘yicha 15 ta Jahon chempionatida ishtirok etgan va 16-musobaqasida mezbon bo‘lib turibdi. “Daryo” Jahon chempionatlarida O‘zbekiston uchun medal olib kelgan bokschilarni yodga oladi.

    Tampere — 1993 (1 ta kumush) 

    Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan musobaqa O‘zbekiston delegatsiyasi uchun birinchisi edi. Ushbu turnirda Hikmatulla Ahmedov kumush medal sohibiga aylangan. -51 kg vazn toifasida harakat qilgan Ahmedov chorak finalda germaniyalik Mirko Shade, yarim finalda misrlik Hassan Mustafo ustidan zafar quchib, hal qiluvchi bahsga yetib borgan. Finalda esa Kuba vakili Valdemar Fontga imkoniyat boy berib qo‘ygandi. 

    Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon chempionatidagi ilk ishtirokida bitta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 

    Berlin — 1995 (2 ta bronza)

    Jahon chempionatlari tarixidagi 8-musobaqa Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston terma jamoasi esa o‘z tarixida ikkinchi marta JCHda ishtirok etib, ikkita bronza medali bilan kifoyalangan. 

    -75 kg vazn toifasi Dilshod Yorbekov chorak finalda misrlik Salim Qabbariyni yengib, yarim finalga yo‘l olgandi. 1/2 finalda esa Yorbekov kubalik Ariel Ernandesga mag‘lub bo‘lgan va yakunda bronza medal sohibiga aylangan edi.

    -67 kg vazn toifasida Narimon Atayev ham yarim finalda o‘z ishtirokini yakunlab, bronza medalini qo‘lga kirtigan.

    Budapesht — 1997 (sovrinsiz)

    Vengriya mezbonlik qilgan Jahon chempionatida Ruslan Chagayev O‘zbekiston uchun ilk oltin medalni taqdim etgan. Chagayev -91 kg vazn toifasida ishtirok etgan va dastlabki jangda belaruslik Sergey Dichkov ustidan g‘alaba qozongan. Chorak finalda italiyalik Jiakobbe Fragomeni, yarim finalda germaniyalik Maik Hankeni taslim etib, finalga chiqqan. Final bosqichida Chagayev Kuba vakili Feliks Savonni 14:4 hisobida mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqan.

    Ammo AIBA (hozirgi IBA) Ruslanni oltin medaldan mahrum etadi. Chunki sportchi Jahon chempionatiga qadar professional boksda ikkita jang o‘tkazgan edi. Keyinchalik ushbu janglar ko‘rgazmali ekanligi isbotlangach, Ruslanning havaskor boksdagi faoliyati tiklangan, ammo medal qaytarib berilmagan.

    Hyuston — 1999 (2 ta oltin, 1 ta kumush)

    Muhammadqodir Abdullayev
    Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

    AQSHda o‘tkazilgan turnirda o‘zbekistonliklar uchta medalni qo‘lga kiritgan. 

    -63,5 kg vazn toifasida Muhammadqodir Abdullayev oltin medalga sazovor bo‘lgan. Abdullayev 1999-yilgi musobaqaning 1/16 finalida rossiyalik Aydin Gasanovni mag‘lub etadi, 1/8 finalda amerikalik Rikardo Uilyams, chorak finalda belaruslik Sergey Bikovskiy ustidan g‘alaba qozonadi. Muhammadqodir yarim finalda chexiyalik Lukash Konechnini 12:2 hisobida mag‘lub etadi. Finalda esa fransiyalik Villi Bleyn 11:6 hisobida taslim etiladi. Shu tariqa Muhammadqodir O‘zbekiston uchun rasmiy birinchi oltin medalni taqdim etgan.

    -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘tkirbek Haydarov ham musobaqada birinchi o‘rinni egallagan. O‘tkirbek vengriyalik Jim Rodriges, italiyalik Salvatore Munno, rossiyalik Yevgeniy Kazansev kabi raqiblarni yengib, finalga chiqqan. Haydarov finalda ruminiyalik Adrian Diakonu ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylanadi.

    -57 kg vazn toifasida To’lqinboy Turg‘unov kumush medalni qo‘lga kiritgan. Turg‘unov finalda AQSH vakili Rikardo Xuaresga qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lub bo‘lgandi. 

    Belfast — 2001 (1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza)

    Ruslan Chagayev
    Foto: Getty Images

    2001-yil Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida ham Chagayev oltin medal sohibiga aylanadi. Ruslan qozog‘istonlik Rustam Rugebayev, vengriyalik Kurtuzsa Skaba va germaniyalik Vitaliy But ustidan g‘alaba qozonib, finalga chiqadi. Finaldagi raqibi ukrainalik Aleksey Mazikinni taslim etib, chempionga aylangan.

    Chagayevdan tashqari O‘tkirbek Haydarov (kumush) va Sherzod Husanov (bronza) ham medal sohibiga aylangan. 

    Bangkok — 2003 (1 ta kumush, 2 ta bronza)

    Tailandda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta medalni qo‘lga kiritgan.

    -69 kg vazn toifasida Sherzod Husanov finalda kubalik Lorenso Aragonga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy bergan va kumush medal bilan kifoyalangan. 

    -54 kg vazn toifasida Bahodirjon Sultonov va +91 kg vazn toifasida Rustam Saidov bronza medal sohibi bo‘lgan. 

    Myanyan — 2005 (1 ta kumush, 2 ta bronza)

    Xitoyning Myanyan shahrida o‘tkazilgan boks birinchiligida o‘zbekistonliklar 3 ta medal jamg‘argan.

    -64 kg vazn toifasida Dilshod Mahmudov kumush medalni qo‘lga kiritgan. Mahmudov finalda Qozog‘iston vakili Serik Sapiyevga qarshi ringga ko‘tarilgan va mag‘lubiyatga uchragandi.

    Shuningdek, Jasur Matchonov va O‘tkirbek Haydarov bronza medal sohibiga aylangan.

    Chikago — 2007 (1 ta oltin)

    Abbos Atoyev
    Foto: Getty Images

    AQSHda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Abbosbek Atoyev oltin medalni qo‘lga kiritgan.

    -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Atoyev finalga qadar ruminiyalik Konstantin Bejenaru, fransiyalik Mamadu Diambang, xorvatiyalik Mario Sivolixa va qozog‘istonlik Yerkebulan Shinaliyevni mag‘lub etgan. Finalda Abbos rossiyalik Artur Beterbiyevni 20:17 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqqan.

    Milan — 2009 (1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza)

    Elshod Rasulov
    Foto: Getty Images

    2009-yilda Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada ham Abbos Atoyev oltin medalni qo‘lga kiritgan. Bu safar Atoyev -75 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Ushbu musobaqada Atoyev 1/16 finalda yaponiyalik Kentaro Hayashini mag‘lub etadi. 1/8 finalda braziliyalik Yamaguchi Falkao taslim etiladi. Chorak finalda germaniyalik Konstantin Buga ustidan g‘alaba qozonadi. Yarim finalda hindistonlik Vijindr Singh 7:3 hisobida mag‘lub etiladi. Finalda Abbos Atoyev armanistonlik Andranik Hakobyan bilan jang qildi va 9:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Atoyev ketma-ket ikki marta oltin medalni qo‘lga kiritgan.

    -81 kg vazn toifasida harakat qilgan Elshod Rasulov esa finalda rossiyalik Artur Beterbiyevga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalangan. 

    -57 kg vazn toifasida Bahodirjon Sultonov, -69 kg vazn toifasida Botirjon Mahmudov bronza medalini qo‘lga kiritgan.

    Boku — 2011 (2 ta bronza)

    Ozarbayjonda o‘tkazilgan 16-Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta bronza medal bilan kifoyalangan.

    -52 kg vazn toifasi vakili Jasurbek Latipov va -81 kg vazn toifasida Elshod Rasulov yarim finalga qadar yetib borgan.

    Olmaota — 2013 (1 ta kumush, 1 ta bronza)

    Ozarbayjondagi musobaqada bronza medalni qo‘lga kiritgan Jasurbek Latipov bu safar kumush medal sohibiga aylandi. O‘zbekistonlik bokschi finalda rossiyalik Misha Aloyanga qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lub bo‘lgandi. 

    -81 kg vazn toifasida esa Oybekjon Mamazulunov yarim finalga qadar yetib borgan va bronza medalini o‘ziniki qilgan.

    Doha — 2015 (3 ta kumush, 3 ta bronza)

    Murodjon Ahmadaliyev
    Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

    Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati O‘zbekiston uchun sermahsul bo‘ldi. Delegatsiya jami 6 ta medal jamg‘ardi.

    -56 kg vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev finalda irlandiyalik Maykl Konlanga qarshi ringga ko‘tarildi. Ahmadaliyev oltin medal uchun kechgan bahsda Konlanga mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritgandi. 

    -64 kg vazn toifasida Fazliddin G‘oyibnazarov finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi jangda rossiyalik Vitaliy Dunaysevga mag‘lub bo‘lgandi. 

    -75 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev finalda Kuba vakili Arlen Lopesga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi. 

    Elnur Abduraimov (-60 kg), Elshod Rasulov (-80 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

    Gamburg — 2017 (1 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza)

    Shahram G‘iyosov
    Foto: Getty Images

    Germaniyadagi turnir esa avvalgisidan-da yaxshiroq o‘tdi. Bu safar O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

    -69 kg vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov oltin medal sohibiga aylandi. Bir yil avval Riodagi Olimpiadada kumush bilan cheklanishga majbur bo‘lgan Shahram finalda kubalik Ronyel Iglesiasga imkoniyat qoldirmadi. Hal qiluvchi jangga qadar G‘iyosov Yevgeniy Barabanov (Ukraina), Pat Makkormak (Angliya) va Abilayxon Jusupov (Qozog‘iston) ustidan g‘alaba qozongandi. 

    -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov esa dastlabki bahsda Robinson Rodrigesni mag‘lub etdi. Chorak finalda Hindiston vakili Amit Pangal ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi. Yarim finalda esa Yubergen Martinez (Kolumbiya) ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Finalda Do‘stmatov kubalik Yoannis Argilagoga 2:3 hisobida yutqazib qo‘yib, kumush medal sohibiga aylangan edi.

    -52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov hal qiluvchi bahsda Yosvani Veytiyaga (Kuba) qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lub bo‘lgandi. Finalga qadar Latipov Daniel Asinov (Bolgariya), Seyber Avila (Kolumbiya) va Kim In Gyu (Janubiy Koreya) kabi raqiblaridan ustun kelgandi.

    -64 kg vazn toifasi vakili Iqboljon Xoldorov ham kumush medalni qo‘lga kiritgan. Xoldorov dastlabki bahsda Jon Gutyerresdan (Kolumbiya) ustun kelgan. Chorak finalda Artyom Harutyunyan (Germaniya), yarim finalda Fredis Roxas (AQSH) ustidan g‘alaba qozongan. Finalda esa Iqboljon Kuba vakili Endi Kruzga qarshi ringga ko‘tarilib, 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

    Ushbu musobaqada Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) bronza medalini qo‘lga kiritgan. Meliqo‘ziyev yarim finalda irlandiyalik Jo Uordga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Tursunov Yevgeniy Tishenkoga (Rossiya) imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

    Yekaterinburg — 2019 (3 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza)

    Bahodir Jalolov
    Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

    O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyada bo‘lib o‘tgan musobaqada umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan. O‘zbekistonliklar 3 ta oltin, bitta kumush va bitta bronzani qo‘lga kiritgan.

    -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov Ixlos Kilichjonov (Turkmaniston), Rodrigo Marti (Dominikan), Azad Usenaliyev (Qirg‘iziston) Daniel Asenov (Bolgariya) va Bilol Bennama (Fransiya) kabi raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan.

    - 57 kg vazn toifasida esa Mirazizbek Mirzaxalilov dastlabki jangda braziliyalik Duglas de Andrade ustidan 5:0 hisobida zafar quchgan. Undan so‘ng marokashlik Muhammad Hamut ustidan g‘alaba qozongan. Chorak finalda Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) va yarim finalda Erdenebatin Sendbaatar (Mug‘uliston) kabi raqiblarini mag‘lub etgan. Hal qiluvchi jangda Mirazizga Kuba vakili Lasara Alvares raqiblik qilgan. O‘zbekistonlik bokschi finalni o‘z foydasiga hal qilishga erishgan.

    +91 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov esa finalda Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) ustidan zafar quchib, oltin medalga ega chiqqan. Jalolov musobaqa doirasida Sotne Rogava (Ukraina), Richard Torres (AQSH), Maksim Babanin (Rossiya) kabi raqiblarga to‘qnash kelgan. 

    -81 kg vazn toifasi vakili Dilshodbek Ro‘zmetov yarim finalda angliyalik Benjamen Uittakerni 5:0 hisobida yengib, finalga yo‘l olgan. Hal qiluvchi jangda Ro‘zmetov qozog‘istonlik Bekzod Nurdauletovga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalangan.

    -60 kg vazn toifasida Bobousmon Boturov 1/2 finalda Angliya vakili Pet Makkormakka mag‘lub bo‘lib, bronza medali sohibiga aylangan. 

    Belgrad — 2021 (1 ta kumush, 1 ta bronza)

    Abdumalik Halokov
    Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

    Serbiyada bo‘lib o‘tgan 21-Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi Italiya, Armaniston va Belarus bilan birgalikda 10-o‘rinni band etdi. 

    -60 kg vazn toifasida Abdumalik Halokov finalga qadar yetib borib, fransiyalik Sofyan Umiaga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, -92 kg vazn toifasida Madiyor Saidrahimov yarim finalda kubalik Xulio Sezar la Kruzga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. 


    Havaskorlar o‘rtasidagi 22-Jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. 30-aprel kuni start olgan musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

    12.05.2023, 15:13   Izoh (0)   9086
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Bahodir Jalolov avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi

    12.05.2023, 13:58

    O‘zbekiston OTJ iyun oyida Xitoyda o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi

    12.05.2023, 13:19

    “Neftchi” va “Navbahor” klublariga transfer taqiqi qo‘yildi

    12.05.2023, 11:11

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim final jangida ishtirok etadi

    12.05.2023, 09:16

    Yevropa Ligasi. “Yuventus” so‘nggi daqiqalarda “Sevilya”ga gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi “Roma” “Bayer”ni kichik hisobda mag‘lub etdi

    12.05.2023, 06:39

    Neymar yozda “PSJ”ni tark etmoqchi 

    11.05.2023, 20:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.