“Neftchi” va “Navbahor” futbol klublariga O‘FA tomonidan transfer taqiqi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyevning ma’lum qilishicha, bunga klublarning sobiq futbolchilar oldidagi qarzini uzmaganligi sabab bo‘lgan.
Futbolchilar uyushmasi O‘FAga Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaning bu holat bo‘yicha chiqargan qarorini bajarmagan “Neftchi” va “Navbahor”ga nizomda ko‘rsatilgan sanksiyalarni qo‘llashni so‘rab murojaat qilgan.
Bunga javoban O‘FA ushbu klublarning yozgi va qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishga taqiq qo‘yilganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)