Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi dalada qovun va tarvuz pishdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023-05-10 23.58.58.jpg)
Qayd etilishicha, mirishkorlar anorzor qatori orasida 10 gektar “Dakara” navli erta pishar qovun hamda 10 gektar “Do‘lbe” navli tarvuz yetishtirgan.
![](/static/2023-05-10 23.59.19.jpg)
![](/static/2023-05-10 23.59.21.jpg)
Ushbu navdagi qovunlarni urug‘lash ishlari yanvar oyining 3 sanasida boshlangan bo‘lib, 20-fevraldan 4-mart oyiga qadar yerga o‘tkazish ishlari olib borilgan. Yerning 1 gektaridan 30 tonna qovun, 60 tonnachaga tarvuz hosili olish kutilmoqda.
Izoh (0)