Toshkent shahrida Chilonzor tumanidagi maydonda o‘nlab daraxtlar kesib tashlandi. Tabiat resurslari vazirligi poytaxt boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ushbu holat bo‘yicha akademik V. Vohidov nomidagi respublika xirurgiya amaliy-ilmiy markazi tomonidan qurigan daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Shunga asosan qurigan daraxtlarni kesish bo‘yicha xulosa berilgan. Biroq xulosadan tashqari, daraxtlarni sanitar butalash jarayonida o‘sishdan to‘xtaydigan darajada shikast yetkazilgani aniqlanib, xo‘jalik ishlari bo‘yicha ma’sul bo‘lgan X.A.Voisovga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Izoh (0)