Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi belgilandi.
Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga e’tibor qaratiladi.
Bosh vazir o‘rinbosariga buning uchun zarur infratuzilma masalasini hal qilish vazifasi qo‘yildi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligini xalqchil tizimga aylantirish, 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallaning o‘zida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Izoh (0)