Toshkent shahar Yashnobod tumanida ayol maktabda farzandiga shafqatsizlik qilinayotganini aytib, ijtimoiy tarmoqda murojaat bilan chiqdi. Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur xabarga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, yuqoridagi holat bo‘yicha Yashnobod tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan o‘rganildi. 2-may kuni 231-sonli umumtaʼlim maktabning 9-“B” sinf ota-onalarining Telegram’dagi guruhida o‘quvchi M.A.ning onasi farzandining isitmalagani va imtihonga sal kechroq borishini maʼlum qilgan.
Bunga javoban ota-onalar kuzatuv kengashi raisi N.M. tomonidan “8.00 da emas 7.30 da maktabda bo‘lishi shart, dori ichirib tez yuboring”, deb izoh qoldirilgan. Ushbu ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabardan so‘ng, bundan keyin maktab ota-onalar kuzatuv kengashi raisi maktabning ichki tartib-qoidalariga aralashmasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Qayd etilishicha, o‘quvchi M.A. jismoniy tarbiya fanidan imtihonga o‘z vaqtida kelgan. Tibbiyot hamshirasi nazoratidan o‘tganida uning salomatligi qoniqarli ekanligi aniqlangan va o‘quvchi imtihonni 4 bahoga topshirgan.
Izoh (0)