• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2023-yil 1-maydan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma tomonidan e’lon qilingan o‘zgarishlar quyida to‘liqligicha havola etiladi.

    Jarimalarga chegirmalar taqdim etilmoqda

    Huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foiz yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

    Ayrim qurilish materiallari bojxona bojidan ozod qilinadi

    2025-yil 1-yanvarga qadar import qilishda ayrim qurilish materiallari va xomashyolarga bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.  

    Ishsizlarga ipoteka kreditlari beriladi

    Banklarga rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimini joriy qilishga ruxsat etiladi.

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi shaxslarga to‘langan QQS summasi qaytariladi

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar ayrim tovarlarning xaridini amalga oshirganda va ushbu xaridni maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazganda, ularga har oy yakuni bilan xarid summasidan to‘langan QQS summasi qaytariladi.

    MHEKM va BHM oshirilmoqda

    Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

    Jismoniy shaxslar ayrim vositachilik yig‘imlaridan ozod etiladi

    Benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan ayrim to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.

    Nogironligi bor bolalarning ota-onalariga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi

    Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga nogironligi bo‘lgan bolaning yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi, jumladan:

    • statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi;
    • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va boshqalar) uchun davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi.

    Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha talablar kuchga kirmoqda

    Foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilinmoqda.

    Barcha yoqilg‘i (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi taʼminotining kamida 50 foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etiladi. 

    Jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalar bo‘yicha elektron hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtiriladi

    To‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

    Bank hisobvaraqalarini masofadan ochish imkoniyati yaratiladi

    Tijorat banklariga  ariza beruvchini masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, taʼsischilari O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda YATTlarga bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat etiladi.

    Yuridik shaxslarga  elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv taʼminoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni, ularning isteʼmoli to‘g‘risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to‘g‘risidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.

    Dori narxlari ustidan monitoring o‘rnatiladi 

    Dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida: 

    • jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid chekining fiskal belgisi matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dori vositalari narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi;
    • matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash natijasida dori vositalarining chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, tegishli chora ko‘rish uchun bu haqida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi;
    • xarid cheki bo‘yicha narx dori vositasining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, ushbu maʼlumot asosida o‘tkazilgan tekshirish yakuniga ko‘ra huquqbuzardan belgilangan tartibda jarima undiriladi.

    Respublikaning barcha hududlarida imtiyozli transport kartalari beriladi

    Imtiyozli kartalarni olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki YAIDXP orqali murojaat qilish zarur.

    “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘grisida” qonunga muvofiq quyidagilarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilgan:

    • 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
    • Afg‘oniston va boshqa mamlakatlar hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalmilalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
    • haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
    • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
    • nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar va nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxs.

     

    29.04.2023, 09:13   Izoh (2)   23497
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (2)

    Kirish
    1. 1362534510@telegram.org / 01.05.2023, 20:32

      Shuncha narsani yozibsilada 1 maydan amal qilishini. Nimaga mehnat kodeksi yozilmayapti xech qayerda?

      Javob berish
    2. sevdaraxmedova@gmail.com / 29.04.2023, 09:24

      Nahotki talabalar uchun bitta ham yangilik boʻlmasa aa? Balki stipendiyani ozgina oshirishsa talaba ham pul muammosidan boʻshab dars haqida koʻproq oʻylarmidi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va BAA o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

    29.04.2023, 08:40

    Uzbekistan Airways Jakartaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

    29.04.2023, 08:20

    Farg‘onada elektromobillarni quvvatlash jihozlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda

    29.04.2023, 08:00

    Qoraqalpog‘istonda qizning suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan erkak ushlandi

    28.04.2023, 23:45

    O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

    28.04.2023, 23:20

    Ummon poytaxtidan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

    28.04.2023, 22:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.